Bu kasallik ko‘katlar orqali tarqaladi (+video)
Bahor kelishi bilan inson organizmida ko‘katlar va undagi foydali vitaminlarga bo‘lgan ehtiyoj oshadi. Ko‘katlar ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, asab va yurak-qon tomir tizimlarining holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ukrop, kashnich, ko‘k piyoz, selderey, rayhon va boshqa xushbo‘y ko‘katlar tanamizni darmondorilar bilan to‘yintiradi, immunitetimizni mustahkamlaydi.
Biroq, ko‘katlarni avval yaxshilab yuvib, so‘ng taom bilan iste’mol qilish zarur. Aks holda, qanday kasalliklar sizni kutayotganligini tasavvuringizga ham sig‘dira olmaysiz.
“Salomat bo‘ling” loyihasida batafsil:
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/bNww9ATr7bg" title="Bu kasallik ko‘katlar orqali tarqaladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, A.Sodiqov, U.To‘xtayev, O‘zA