Bu – Fransiyaning mutlaq ichki ishi
Fransuz maxsus xizmat xodimlari mamlakatdagi “sariq nimchalilar” namoyishlariga Rossiyaning aloqadorligini tasdiqlovchi asoslarni topa olmadi.
Fransuz maxsus xizmat xodimlari mamlakatdagi “sariq nimchalilar” namoyishlariga Rossiyaning aloqadorligini tasdiqlovchi asoslarni topa olmadi. Bu haqda maxsus xizmat manbalariga tayanib “Le Journal du Dimanche“ maʼlumot beradi.
“Ayni damda bu aloqadorlik tasdiqlanmadi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian bu borada tekshiruvlar olib borilayotganini maʼlum qilgandi. Moskva esa bunday ehtimolda asos yoʻqligi va bu Fransiyaning mutlaq ichki ishi ekanini maʼlum qilgandi.