Bryusselda YeI yetakchilari sammiti davom etyapti
Yevropa Ittifoqi yetakchilari Ukraina, Isroil – Falastin ziddiyati, tuzilmaning kengayishi va byudjeti masalalarini muhokama qilish uchun Bryusselda yig‘ildi.
Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel raisligida, 27 a’zo davlat mas’ullari ishtirokida o‘tayotgan sammit Mishel va Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayenning Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuvi tufayli rejalashtirilganidan kechroq boshlandi.
Ta’kidlanishicha, ilk bor kengash va komissiya rahbari anjuman oldidan matbuotga bayonot bermagan.
Birinchi sessiyada Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish va ushbu mamlakatni YeIga qabul qilish bo‘yicha muzokara boshlash masalasi muhokama qilinmoqda.
Uchrashuv oldidan Orban qo‘shimcha 50 milliard yevrolik moliyaviy yordam ko‘rsatish qarori va muzokara boshlanishiga veto qo‘yishini aytgan.