Britaniya Ichki ishlar vaziri iste’fo berdi
Buyuk Britaniya Ichki ishlar vaziri Suella Braverman chorshanba kuni shaxsiy elektron pochtasidan xizmat vazifalarini bajarishda foydalangani uchun iste’fo berdi.
“Bugun ertalab men hukumatning migratsiya siyosatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida siyosiy qarorlar ustida hamkorlikda ish olib borayotgan parlamentdagi ishonchli hamkasbimga shaxsiy elektron pochtamdan rasmiy hujjat yubordim. Bu mavjud tartib-qoidaning texnik buzilishidir”, deb yozdi u Britaniya Bosh vaziri Liz Trass nomiga bitilgan maktubida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, jo‘natilgan hujjatdagi ma’lumotlarning aksariyati Britaniya parlamenti Jamoatchilik palatasi a’zolari e’tiboriga allaqachon yetkazilgan bo‘lsa-da, bu vaziyatda “mening ishdan ketishim to‘g‘ri bo‘ladi”.
Shu bilan birga, Braverman Britaniya ommaviy axborot vositalarining iste’foga chiqishining sabablari orasida Trass hukumatining iqtisodiy yo‘nalishi bilan kelishmovchilik ekanligi haqidagi taxminlarining to‘g‘riligiga ishora qildi.
“Men bu hukumatning qaysi yo‘nalishda ketayotganidan xavotirdaman”, deb yozdi sobiq vazir.
O‘z navbatida, Trass Bravermanning qarorini hurmat va iste’fosini qabul qilishini aytdi.
O‘zA