Britaniya Eronga nisbatan sanksiyani tiklay boshladi
Buyuk Britaniya Moliya vazirligi bugun e’lon qilgan bayonotda qayd etilishicha, tegishli ro‘yxatga asosan, Eronning 121 nafar fuqarosi va bir necha tashkilotining aktivi muzlatiladi. Shuningdek, banklar va moliya institutlariga mazkur shaxslar hisob varaqlari vaqtincha yopilib, ularga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Bayonotda moliyaviy cheklov bo‘yicha belgilangan tartibni buzgan yoki chetlab o‘tishga uringanlarga nisbatan jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgan.
Sanksiya nishoniga Eron Atom energiyasi tashkiloti (AEOI) vakillari, Islom inqilobi soqchilari korpusi (IRGS) qo‘mondonlari, mudofaa sanoati bilan bog‘liq kompaniyalar, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda bir necha bank tushgan. Tehron rasmiylari Britaniya, Fransiya va Germaniyaning “yagona tartibga zid” bu qarorini siyosiy bosim vositasi sifatida baholadi. Eron tomoni ta’kidlashicha, 28 sentyabrdan boshlab yadroviy kelishuv doirasida bekor qilingan sanksiya va BMTning tegishli rezolyutsiyalari qayta tiklanishi nizoni hal qilish bo‘yicha 2015 yilgi kelishuvda belgilangan mexanizmdan noto‘g‘ri foydalanish demakdir.
Eron hukumati o‘z yadroviy dasturi tinch maqsadlarga xizmat qilishi, G‘arbning “noqonuniy harakati”ga qaramay,o‘z huquqini qat’iy himoya qilishiga urg‘u bergan.
Dilshod Hakimov, O‘zA