BRIKS va Ğarb: Jahon iqtisodiyotida yangi kuç markazlari şakllanyaptimi?
Jahon iqtisodiyotida kuçlar nisbati özgarmoqda. Ğarb davlatlari önlab yil davomida xalqaro moliya, savdo va iqtisodiy institutlardagi yetakçi mavqeini saqlab kelgan bölsa, bugun rivojlanayotgan yirik iqtisodiyotlar ham global qarorlar qabul qiliş jarayonida öz taʼsirini kuçaytirişga intilmoqda. BRIKS kengayişi, muqobil moliyaviy mexanizmlarni rivojlantiriş va milliy valyutalarda hisob-kitobni köpaytirişga qaratilgan taşabbuslar uşbu jarayonning muhim körinişlaridir. Bu Ğarb iqtisodiy ustunligi tugayotganini anglatadimi yoki jahon iqtisodiyotida yangi muvozanat şakllanyaptimi?
BRIKS kengayişi – yangi iqtisodiy voqelik
2009-yil Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy iştirokida taşkil etilgan BRIKS Janubiy Afrika qöşilgaç, kengaydi. Keyingi bosqiçda Misr, Efiopiya, Eron, Birlaşgan Arab Amirliklari va Indoneziya aʼzo bölişi guruhning geografik va iqtisodiy qamrovini sezilarli darajada kengaytirdi.
Hozir 11 davlatni birlaştirgan BRIKS tarkibidagi mamlakatlarga jahon aholisining qariyb 49,5 foizi, global yalpi içki mahsulotning 40 foizi va xalqaro savdoning 26 foizi töğri keladi. Bu körsatkiç guruhning jahon iqtisodiyotidagi salmoği ança yuqori ekanini körsatadi.
2026-yil 12-13-sentabr kunlari Hindiston poytaxtida ötkazilgan BRIKSning XVIII sammitida ham uşbu yönalişlar ustuvor böldi. Dehli deklaratsiyasida rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro boşqaruv tizimidagi iştirokini kengaytiriş, köp tomonlama hamkorlikni mustahkamlaş, moliyaviy va iqtisodiy aloqalarni çuqurlaştiriş vazifalari belgilandi.
Darvoqe, kengayiş BRIKSning Ğarbga qarşi yagona siyosiy yoki iqtisodiy uyuşmaga aylanganini anglatmaydi. Aʼzo davlatlarning iqtisodiy tuzilişi, taşqi siyosiy ustuvorligi va xalqaro munosabatdagi qaraşlari bir-biridan farq qiladi. Masalan, Xitoy va Hindiston örtasidagi strategik raqobat, ayrim aʼzolarning Ğarb bilan çuqur savdo aloqasi guruh içidagi manfaat uyğunligini murakkablaştiradi.
Dollar ustunligiga muqobil izlaniş
BRIKS iqtisodiy kun tartibidagi eng muhim masalalardan biri – xalqaro hisob-kitobda milliy valyutalardan foydalaniş kölamini kengaytiriş. Bu taşabbus, avvalo, taşqi savdoda valyuta xatarini kamaytiriş, moliyaviy amaliyotni diversifikatsiya qiliş va transçegaraviy tölovni yengillaştirişga qaratilgan.
Milliy valyutalar aylanmasi tezlaşişi AQŞ dollari yaqin istiqbolda yetakçiligini yöqotadi, degani emas. Xalqaro valyuta jamğarmasi (XVJ) 2026-yil birinçi çoragi böyiça eʼlon qilgan maʼlumotga köra, dollar jahon markaziy banklari valyuta zaxirasining 57,13 foizini taşkil etgan. Xitoy yuani uluşi esa 1,99 foiz darajasida qolgan.
Bu raqamlar xalqaro moliya tizimida diversifikatsiya jarayoni keçayotgani, biroq dollarga tölaqonli muqobil hali şakllanmaganini körsatadi. Demak, BRIKS doirasidagi moliyaviy taşabbuslarni mavjud tizimni qisqa muddatda almaştiriş emas, balki muqobil imkoniyat yaratiş yölidagi harakat sifatida baholaş töğriroq.
Ğarb va yangi iqtisodiy kuçlar: raqobatmi yoki özaro boğliqlik?

BRIKS faollaşuvi xalqaro iqtisodiy institutlarni isloh qiliş masalasini ham kun tartibiga olib çiqdi. Guruh davlatlari XVJ va Jahon banki kabi tuzilmalarda rivojlanayotgan mamlakatlar ovozi va taʼsirini oşiriş zarurligini taʼkidlamoqda.
Jahon savdo taşkiloti 2026-yil 15-sentabrda taqdim etgan hisobotda ham iqtisodiy qudratning turli mamlakatlar örtasida kengroq taqsimlanayotgani, xalqaro savdo tizimi esa köp qutbli iqtisodiyot şaroitiga moslaşişi kerakligi qayd etilgan. Tahlilga köra, savdo geosiyosiy birlaşmalar örtasida bölinib ketişi global yalpi içki mahsulot 5,1 foiz, eksport 18,6 foiz kamayişiga olib keladi. Bu taxmin iqtisodiy qarama-qarşilik barça iştirokçilar uçun jiddiy yöqotiş keltirib çiqarişini körsatadi.

Şu nuqtai nazardan BRIKS va Ğarb munosabatini faqat ziddiyat sifatida talqin qiliş bir yoqlama yondaşuv böladi. Yaʼni, guruhga aʼzo mamlakatlar Ğarb bozori, investitsiyasi va texnologiyasi bilan uzviy boğlangan. Dunyo iqtisodiyotdagi asosiy vazifa raqobatni kuçaytiriş emas, balki özgarib borayotgan manfaat muvozanatida hamkorlik mexanizmini saqlab qolişdan iborat.
Özbekiston uçun qanday imkoniyat bor?
BRIKS kengayişi Özbekiston uçun ham yangi iqtisodiy va diplomatik imkoniyat oçadi. Mamlakatimiz 2025-yil tuzilmada hamkor davlat maqomini oldi. Bu tölaqonli aʼzolikdan farq qilsa-da, BRIKS doirasidagi muloqot va amaliy hamkorlikda iştirok etiş uçun yaxşi imkoniyatdir.

Xususan, sarmoya jalb qiliş, sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş, transport-logistika tizimini mustahkamlaş, energetika va raqamli iqtisodiyot sohalarida qöşma loyihalar amalga oşiriş mamlakat uçun muhim yönalişlardir. Qolaversa, BRIKS davlatlari bilan savdoni kuçaytiriş eksportçilarimizning yangi bozorlarga çiqiş imkonini oşiradi. Bunday hamkorlik samara berişi uçun faqat yangi iqtisodiy platformalarda iştirok etiş kifoya emas. Eksport raqobatbardoşligini oşiriş, sarmoyaviy muhitni yaxşilaş, xalqaro moliyaviy standartga moslaşiş va zamonaviy texnologiyani özlaştiriş ham muhim.
Xulosa şuki, BRIKS kuçayişi Ğarb iqtisodiy tizimi yaqin istiqbolda barham topişi emas, balki jahon iqtisodiyotida yangi taʼsir markazlari şakllanayotganini anglatadi. Dollar ustunligi saqlanib turgani, xalqaro savdo va moliyaviy tizim özaro boğliqligi esa ayni özgariş raqobat va hamkorlik bir vaqtda keçayotganini körsatadi. Özbekiston uçun eng maqbul yöl – jarayonga milliy manfaat nuqtai nazaridan qöşiliş, turli iqtisodiy markazlar bilan aloqani muvozanatli rivojlantiriş va yangi imkoniyatlarni içki taraqqiyotga yönaltirişdir.
Musulmon Ziyo,
ÖzA şarhlovçisi