Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida davom etayotgan «BRIKS o‘yinlarining sakkizinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar 1 ta kumush, 8 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. (Ushbu medallar soniga kecha kechki payt bokschi qizlarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan bronza medallari hozircha kiritilganicha yo‘q.)

Yurtimiz sportchilaridan yunon-rum kurashida Islom Bahromov kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, qilichbozlardan Muhammad Yusuf Asranov va Musa Aytmuratov, shaxmatchilar jamoasi a’zolari Abdumalik Abdusalimov, Saidakbar Saidaliyev, Umida Omonova, Marjona Malikova tezkor shaxmat bahslarida shuningdek, yunon-rum kurashi vakillaridan Ixtiyor Botirov, Xusniddin Olimboyev, Nozimjon Boyqo‘ziyev, Jamol Jumaboyev, To‘lqin Tuyev bronza medaliga ega chiqdi.

Shu o‘rinda aytish kerakki, bokschilarimizning «BRIKS» bahslarida qatnashayotgani o‘yinlarning darajasini ko‘tarish bilan birga, muxlislar, jahon boks ishqibozlarining e’tiborini Qozonga qaratayotgani bilan ahamiyatli bo‘lmoqda.

Ayniqsa, jahon boksida o‘z o‘rniga ega Bahodir Jalolov, iste’dodli charm qo‘lqop ustalari Madiyor Saidrahimov, Shohjahon Abdullayev, To‘rabek Habibullayevlarning o‘tkazayotgan har bir jangi muxlislarga zavq ulashmoqda.

Kecha «BRIKS» o‘yinlarining boks musobaqalarida Sitora Turdibekova, Feruza Kazakova, Dilfuza Bekova, Mavluda Movlonova, Oltinoy Sotimboyeva bronza medali bilan kifoyalangan bo‘lsa, bokschi qizlarimizdan Nigina O‘ktamova va Aziza Zokirova finalga yo‘l oldi. 

Bugun, 21 iyun kuni boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida yarim final janglari bo‘lib o‘tadi. Unda 13 nafar bokschimiz final yo‘llanmasi uchun janglarni o‘tkazadi.

48 kilogrammda Shodiyorjon Meliqo‘ziyev – Asilbek Amanqul ulu (Qirg‘iziston), -51 kilogrammda Asilbek Jalilov – Bair Batlayev (Rossiya),

-54 kilogrammda Shahzod Muzaffarov – Adilet Qochqinbekov (Qirg‘izston),

-57 kilogrammda Xudoynazar Fayzov – Maksim Pankov (Rossiya),

-60 kilogrammda Dilshod Abdumurodov – Arshak Tovmasyan (Rossiya),

-63,5 kilogrammda Adhamjon Muhiddinov – Ilya Popov (Rossiya),

-67 kilogrammda Shavkatjon Boltayev – Guram Gagiyev (Janubiy Osetiya),

-71 kilogrammda Havasbek Asadullayev – Sirgak Abdijonar (Qirg‘iziston),

-75 kilogrammda Javohir Ummataliyev – Mirsharif Kazimzade (Ozarbayjon),

-80 kilogrammda To‘rabek Habibullayev – Rahemandu Halimulati (Xitoy),

-86 kilogrammda Shohjahon Abdullayev – Vadim Shebliykin (Rossiya),

-92 kilogrammda Madiyar Saydrahimov – Vatan Huseynli (Ozarbayjon),

+92 kilogrammda Bahodir Jalolov – David Surov (Rossiya).

Bugun kun davomida shuningdek, dzyudo, kurash, qilichbozlik, shaxmat, baydarka va kanoeda eshkak eshish, badiiy gimnastika sport turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tadi.

Medallar jamg‘arish borasida Rossiya terma jamoasi (177-107-74) peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, keyingi qatorlardan Belarus (34-56-70), Xitoy (17-17-12), O‘zbekiston (4-14-29), Braziliya (4-13-17), Eron (4-10-15), Ozarbayjon (4-5-8) jamoalari joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, 90 ta mamlakat sportchilari ishtirok etayotgan «BRIKS» o‘yinlari 23 iyunga qadar davom etadi.

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«BRIKS» o‘yinlaridagi umumiy medallarimiz soni 47 taga yetdi