Braziliya — Yaponiya öyinidan söng hakamlarni xavfsizlik xodimlari himoya qilişiga töğri keldi
Uçraşuvning sönggi daqiqalarida Braziliya terma jamoasi boş murabbiyi Karlo Ançelotti hamda futbolçi Rafinya Dias qizil kartoçka bilan jazolangan edi.
Braziliya milliy terma jamoasining Yaponiyaga qarşi örtoqlik uçraşuvida 2:3 hisobida mağlub bölişi hakamlar bilan boğliq keskin vaziyatga sabab böldi.
The Touçline naşrining xabar berişiça, bahs yakunlanganidan söng braziliyalik futbolçilar va murabbiylar ştabi vakillari hakamlar brigadasi oldiga borib, uçraşuv davomida qabul qilingan qarorlarga e’tiroz bildirişga uringan.
Vaziyat keskin tus olgaç, xavfsizlik xizmati xodimlari aralaşişga majbur bölgan. Ular hakamlarni braziliyalik futbolçilar va murabbiylar vakillaridan himoya qilgan.
Uçraşuvning sönggi daqiqalarida Braziliya terma jamoasi boş murabbiyi Karlo Ançelotti hamda futbolçi Rafinya Dias qizil kartoçka bilan jazolangan edi.
Öyindan keyin Rafinya hakamlarning harakatlarini keskin tanqid qildi. Uning fikriça, Braziliya terma jamoasi maydonda nafaqat Yaponiya futbolçilariga, balki hakamlarning qarorlariga qarşi ham kuraşişga majbur bölgan.