Braziliya terma jamoasi katta yo'qotishga duch keldi
Paketa Norvegiyaga qarshi bahsda Braziliyaga yordam bera olmaydi.
Braziliya milliy terma jamoasi JCH–2026 1/8 finali oldidan muhim yfutbolchisisiz qoldi.
Insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, yarim himoyachi Lukas Paketa jarohati sabab jamoasining navbatdagi uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.
Paketa JCH–2026 1/16 finalida Yaponiya milliy terma jamoasiga qarshi bahsda noqulaylik his qilgan edi. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida Paketa oqsoqlana boshladi va tanaffusdan so‘ng uning o‘rniga Endrik maydonga tushdi.
Braziliya milliy terma jamoasi JCH–2026 1/8 finalida Norvegiya milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.