Shifokorlar Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvaga labirintit, ya’ni quloq ichi yallig‘lanishi tashxisini qo‘ygan.
Ekspertiza mamlakatning 79 yoshli rahbari bosh aylanishidan shikoyat qilgandan keyin o‘tkazildi. Sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammoga duch kelgani sabab, yetakchi barcha rasmiy uchrashuvlarini bekor qilgan. Bu haqda “G1” portali xabar berdi.
Bemor hozir Prezident saroyida istiqomat qilyapti. Shifokorlar unga dam olishni tavsiya qilgan.
2024 yil oktyabrda Lula da Silva o‘z qarorgohidagi hammomda yiqilib, boshi yorilgandi.
Tibbiy xulosada aytilishicha, boshning orqa tomonida jarohat bor. Tekshiruv chog‘i biroz qon ketishi, miyaning yengil chayqalish alomati namoyon bo‘lgan.
Dekabr oyida Braziliya Prezidenti bosh og‘rig‘idan shikoyat qilib, kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlar unda baxtsiz hodisadan keyingi intrakranial qon ketishi kuzatilganini aniqlagan. So‘ngra "gematomani drenajlash" uchun kraniotomiya tashxisi qo‘yildi. Keyinroq yana jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. O‘shanda bemor bir necha kun kasalxonada davolangandi.