O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, xususan Braziliya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va istiqboldagi rejalarni muhokama qilish, shartnomalar imzolash hamda Braziliya oliygohlarida “O‘zbekiston: Bebaho madaniy meros” nomli tadbirni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi joriy yil 25 noyabr – 4 dekabr kunlari Braziliyada xizmat va ijodiy safarda bo‘lib qaytdi.

Ushbu tashrif Braziliya Federativ Respublikasiga bo‘lgan ilk safar bo‘lib, bo‘lajak hamkor universitetlarda katta taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi ushbu mamlakatning San Paolo, Kampinas va Parana Federal universitetlarida bo‘lib, mazkur oliygohlar rahbariyati bilan ta’lim, fan va madaniyat sohalarida o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatish, istiqboldagi rejalarni   belgilab olish bo‘yicha rasmiy muzokaralar o‘tkazdi, anglashuv memorandumlari va shartnomalar imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 15 martdagi “2025 yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan "O‘zbekiston: Bebaho madaniy meros" mavzusidagi madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. 

Rasmiy uchrashuvlar chog‘ida O‘zDJTU rektori prof. I.To‘xtasinov hamkasblariga O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan samarali islohotlar, mamlakatimizda chet tillarini o‘qitish borasida olib borilayotgan davlat siyosati, xususan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Hukumat tomonidan ushbu sohaga berilayotgan e’tibor haqida alohida ta’kidlab o‘tdi. Ishtirokchilarga respublikamiz boy tarixi va madaniy merosi hamda O‘zDJTU faoliyati haqidagi videoroliklar namoyish etildi.

Braziliya universitetlari rahbarlari o‘zlari uchun yangi dunyo, ishonchli hamkor va istiqbol uchun muqim tayanch topganliklarini e’tirof etdi. Muzokaralar davomida o‘qituvchi, talaba va ilmiy tadqiqotchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, ilmiy stajirovkalar hamda xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish va boshqa o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlik qilish borasida kelishuvga erishildi.

Muhokama qilingan asosiy masalalardan biri sifatida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida portugal tilini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish, til sohiblarini jalb qilish, portugal tili bo‘yicha mahalliy mutaxassislarni tayyorlash bo‘ldi. Uchrashuv so‘ngida O‘zDJTU va Braziliya universitetlari rahbarlari hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum va shartnomalarni imzoladi. Shuningdek, erishilgan kelishuvlar asosida "Yo‘l xaritasi"ni tayyorlash va imzolash borasida kelishib oldilar.

Ma’lumot uchun: San Paolo universiteti jahon universitetlari reytingida 92-o‘rinni egallagan oliygoh bo‘lib, 100 mingdan ortiq talaba offlayn va onlayn tarzda tahsil oladi. Kampinas universiteti xalqaro reytinglarda 232-o‘rinda bo‘lib, 40 mingga yaqin talaba tahsil oladi. Parana federal universiteti reytinglarda TOP-1000 talikka kiradi va talabalar soni 50 mingga yaqindir. Zikr etilgan barcha universitetlarda ijtimoiy-gumanitar, aniq fanlar, axborot texnologiyalari, tibbiyot, stomotologiya, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va boshqa yuzlab yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari va doktorantura ixtisosliklari bo‘yicha o‘qish imkoniyati mavjud. 

Rasmiy uchrashuvlardan so‘ng Braziliya universitetlarida “O‘zbekiston: Bebaho madaniy meros” mavzusidagi madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Faollar zalida tashkil etilgan ushbu tadbirlarda o‘zbek xalqining milliy liboslari, hunarmandchilik namunalari, shirinlik va milliy taomlar mehmonlarga taqdim etildi. Shuningdek, milliy musiqa, qo‘shiq va raqslar namoyish etildi. Ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan mazkur tadbir ishtirokchilarda mamlakatimiz madaniyatiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi va O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga bo‘lgan ishtiyoqini uyg‘otdi.

Aminmizki, istiqboldagi hamkorligimiz braziliyalik yoshlar va hamkasblar bilan ta’lim va tadqiqot sohalaridagi do‘stona munosabatlarni yanada yuksak darajaga ko‘tarishga xizmat qiladi. 

Ilhomjon To‘xtasinov,

O‘zDJTU rektori

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Braziliya bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik bo‘yicha qo‘yilgan ilk qadam