O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish: muammo va yechimlar» mavzuida konferensiya o‘tkazildi.

Dastlab O‘zbekiston hamda xalqaro tashkilotlar rahbar va mas’ullarining sohaga doir taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. Dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar reklamasi, reklama va to‘g‘ri marketing yondashuvining ahamiyati, moliyaviy xizmatlarda iste’molchilarning huquqlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.   

Ta’kidlanishicha, tovarlar xavfsizligi va ularning sifatini nazorat qilish maqsadida muntazam ravishda chakana savdoda nazorat tadbirlari hamda ularni ekspertizadan o‘tkazish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. 

Shunga ko‘ra, jami 242 nomdagi (50 turdagi) mahsulotlarning nazorat xaridi amalga oshirilib («Sifat nazorati» teleko‘rsatuvi bilan hamkorlikda), ularni ekspertizadan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, 51 nomdagi mahsulotlar normativ-texnik hujjatlar talablariga javob bermasligi aniqlangan.  

Konferensiyada Germaniya tashkiloti bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkil etilgan «Moliyaviy savodxon yosh iste’molchi» onlayn olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi.  

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bozorlardagi 51 ta mahsulotning texnik talablarga javob bermasligi aniqlandi