Bozorlar to‘kinligi – farovon turmush ko‘zgusi
FOTOREPORTAJ
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Namangan viloyatining Chortoq tumanida ham bayramona kayfiyat hukmron. Ko‘chalardagi fayz, bozorlardagi to‘kinchilik va aholi yuzidagi mamnuniyat yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, barqarorlik va farovon hayotning yorqin ifodasidir.
Ayniqsa, tuman bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlari yetarli zaxira qilingani, narx-navoning barqarorligi hamda savdo-sotiqning uyushqoq tashkil etilayotgani aholi uchun katta qulaylik yaratmoqda.
[gallery-30786]
Sermahsul rastalar, sifatli mahsulotlar va xushmuomala sotuvchilar bayram shukuhini yanada oshirayotir.
Bayram munosabati bilan aholiga yanada qulaylik yaratish, xonadonlar dasturxonini to‘kin qilish maqsadida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilmoqda. Bunday qulayliklar inson qadrini ulug‘lash va aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan ezgu sa’y-harakatlarning amaliy natijasidir.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA