Bo‘zatov iqtidorlarni kashf etmoqda
FOTOREPORTAJ
Shu kunlarda Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamkorligida “Bo‘zatov iqtidorlarni kashf etadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Respublika yoshlar ovozi” festivalining hududiy kasting bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
[gallery-6696]
Festivalning Termiz shahar bosqichi ham yuqori saviyada tashkil etildi. Unda 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qiz 10-15, 16-22 va 23-30 yosh toifasida ishtirok etdi.
Yoshlar 4 yo‘nalish, jumladan, baxshichilik, an’anaviy ijro, opera hamda estrada yo‘nalishlari bo‘yicha jonli ijroda o‘z iqtidorini sinovdan o‘tkazdi. 26 nafar ishtirokchidan 11 nafari tanlovda yuqori natija ko‘rsatib, viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat),O‘zA