Ona tabiat Surxondaryo viloyatining xushmanzara Boysun tumaniga ko‘zni qamashtirib, dillarga quvonch ulashadigan, qalblarni maftun etadigan o‘zgacha nafosat, go‘zallik ato etgan.

Yilning to‘rt faslida ham tabiat shaydolarini maftun etadigan tog‘ yon bag‘ridagi qiru adirlar shu kunlarda yana bahorning fusunkor manzarasi bilan insonni beixtiyor o‘z bag‘riga chorlaydi. Qir va adirlarda qiyg‘os ochilgan lolaqizg‘aldoqqa nigohingiz tushishi bilan beixtiyor o‘zgacha zavqu shavq tuyasiz. Qalbingiz orom olib, ko‘zlaringiz yanada ravshanlashgandek bo‘ladi. Lolaqizg‘aldoqni erkalab, mayin esayotgan bahor shabadasidan butun vujudingiz orom olayotganini his etasiz.  

Tumanning barcha hududlari qatorida Dashtig‘oz mahallasidagi Ajrim qishlog‘i adirlarini ham lolaqizg‘aldoq qopladi. Shu kunlarda Boysun tarafga yo‘lingiz tushib qolsa bepoyon kengliklarda yastanib yotgan bag‘ri alvon lolaqizg‘aldoqzorlar ohista tebranib, “maftunkor Boysunga xush keldingiz!”, deya qulog‘ingizga ohista shivirlayotgandek, ona tabiat in’om etgan bebaho go‘zallikdan bahra olib, huzurlanishga undayotgandek taassurot uyg‘otadi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boysunni lolaqizg‘aldoq qopladi