Surxon zamini azaldan o‘zining sarxil mevayu sabzavotlari, vitaminga boy poliz ekinlari bilan xaridorlar e’tiborini tortib kelgan.

Viloyat markazidan salkam 200 kilometr olisda, Boysun tumanining tog‘li hududida Duoba mahallasi joylashgan. Ushbu mahalla tomon yo‘lingiz tushsa, mehnat faxriysi  Ramazon bobo Abdullayevning serhosil bog‘ini ko‘rasiz. Qarangki, tog‘ning notekis relefida olma daraxtlari bir tekis o‘sgan. Daraxtlar mayda bo‘lsa-da, hosili mo‘l. Shoxlari mevalarini bazo‘rg‘a ko‘tarib turibdi.  

Sohibkorning aytishicha, tomorqada tashkil etilgan bog‘ har mavsumda 5-6 tonnaga yaqin hosil berar ekan.

Olmalarning isi xushbo‘y, ta’mi og‘izda qoladi.  

[gallery-14248]

Albatta,  bog‘ parvarishi ishning ko‘zini bilgan inson uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi. Avvalo, yaxshi niyat, undan so‘ng g‘ayrat va shijoat kerak. Chin bog‘bon har bir niholni qadrlaydi,  serhosil ko‘chatlar ekish va parvarishlashga alohida e’tibor qaratadi. Bu borada hududda Ramazon bobodan o‘tadigani yo‘q.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/nXdZBLdsesw" title="Бойсунлик соҳибкор бобо" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Kamola Yusupova,

Jonibek Qo‘zimurodov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boysunlik sohibkor bobo (+video)