Oramizdagi odamlar

Husan Karimov geologiya sohasida haydovchi bo‘lib ishlaydi. Har kuni tog‘larda yurishga mo‘ljallangan “Patriot” deb nomlangan mashinasida kuniga 250-300 kilometr yo‘l bosadi. Uning asosiy vazifasi tog‘lar bag‘ridan qazilma boyliklarni qazib oluvchi ishchilarga xizmat ko‘rsatish, xorijdan kelgan mehmonlarni kondagi ishlar bilan tanishtirishdan iborat.  

– Bu yo‘llardan yurishga uncha-muncha odamning yuragi dosh bermaydi, – deydi Husan Karimov. – Sababi, yo‘llar baland-pastlikdan iborat. Ayniqsa, qish-qirovli kunlarda mashinani tuman qoplab, umuman yurib bo‘lmaydi. Ba’zida tog‘ning tepa qismida buzilib qoladi. Atrofda hech kim yo‘q, na birov ovozingizni eshitadi, na aloqaga chiqib bo‘ladi. Yordam kelishini kutamiz. Havo sovib ketgan paytlari konda qolishimizga to‘g‘ri keladi. Bir burda nonu iliq suvga qanoat qilamiz. Ishimni yaxshi ko‘rganim tufayli qiyinchiliklar sezilmaydi.  

Husanning doimiy shug‘ullanadigan ishi bo‘lsada bo‘sh vaqtlarida ham jim o‘tirmaydi. Bekorchidan hamma bezor, degan maqolga amal qilib, ustachilik bilan shug‘ullanadi. Tomorqasiga ro‘zg‘ori uchun nima kerak bo‘lsa ekib, hosilga kirishini kutadi. Husanning eng sevimli mashg‘ulotlaridan biri kitob hamda gazeta mutolaa qilish ekan.  

– Mening so‘z boyligimda zerikish degan jumla yo‘q, – deydi u. – Ozgina bo‘sh qolsam, darrov kitob o‘qiyman. Qaniydi imkoni bo‘lsa mashinamga kitob soladigan javon yasab olsam.  

Husan Karimovning bir o‘g‘il ikki nafar qizli bor. U ishidan ortib, farzandlari bilan dars tayyorlashga ham vaqt topadi. Farzandlarga ko‘proq kim tarbiya berishi kerak, otami yoki ona, deya bergan savolimizga u shunday javob berdi:  

– Bolalar otasidan ham, onasidan ham nimanidir o‘rganadi. Onasidan o‘rganadigan narsani otasidan o‘rgana olmasligi mumkin. Yoki aksincha. Shu bois har bir bola to‘liq oilada voyaga yetishi kerak.  

Hamkasblarining aytishicha Husan Karimov biror marta ham yo‘l qoidasini buzmagan ekan. Sababi, u yo‘l qoidasini yaxshi biladi va xotirjam holda mashina rulini boshqaradi. Yosh haydovchilarga ham mashina rulini boshqarishda aslo shoshmaslik kerakligini maslahat berdi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/4M3BiYqGk1I?si=zAXsNwr4yN_fpTA_" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Nigora Rahmonova, Abror Sodiqov (video), O‘zA  

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boysunlik haydovchi yigit (+video)