Ijtimoiy tarmoqlarda Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” (M-25) gaz konida yana vodorod sulfid otilib chiqishi bilan bog‘liq texnogen hodisa sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 5 may kuni soat tongi 6:10 da “Mustaqillik-25 yilligi” konidagi 202-quduqda tarkibida vodorod sulfidi yuqori bo‘lgan gazning katta bosim bilan otilishi va natijada fontanlanish holatining qaytalanishi kuzatilgan.

Tarkibida vodorod sulfidi yuqori bo‘lgan gazning tarqalishi oldini olish maqsadida gaz oqimi nazorat ostida yoqib yuborildi. Ayni paytda barcha zarur tadbirlar xavfsizlik choralariga to‘liq rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda.  

Hodisa sodir bo‘lgan hudud tegishli xizmatlar tomonidan o‘rab qo‘yilgan va hududni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi hamda ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston harbiylashtirilgan qismi mutaxassislari  doimiy nazorat qilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, yuzaga kelgan hodisa yaqin atrofdagi aholi punktlari uchun xavf tug‘dirmaydi.

Joriy yilning 27 mart kuni ham mazkur quduqda tarkibida vodorod sulfidi yuqori bo‘lgan gazning chiqishi qayd etilgan edi. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida quduq nazorat ostida yoqib qo‘yilgan. 22 aprel kuni quduq o‘qining g‘ovlanib tushgani va kolonna chiqib ketishi natijasida fontanlanish to‘xtagan, hodisa joyida gazning sust oqimi (grifon) kuzatilgan edi.

Avariyani bartaraf etish maqsadida hodisa joyida “O‘zbekneftgaz” AJ mutaxassislari hamda xorijdan jalb etilgan mutaxassislar ish  olib bormoqda.

Har bir holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boysundagi gaz yong‘inida holat qanday?