Surxondaryo viloyatida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini yuqori saviyada o‘tkazishga puxta hozirlik ko‘rilmoqda.

Xalqimizning o‘ziga xos folklor san’atini qo‘llab-quvvatlab, yanada rivojlantirish, xalq dostonlari, hunarmandchiligi, milliy liboslari va xalq o‘yinlari, qadimiy urf-odatlarini saqlab qolish va ularni keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilayotgan festivalga alohida tayyorgarlik ko‘rish uchun “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Shunga muvofiq, boy tarix va nomoddiy madaniy merosga ega vohadagi tarixiy obidalar, ziyoratgohlar va boshqa diqqatga sazovor joylarga olib boruvchi yo‘llar ta’mirlanib, bo‘ylariga yo‘l ko‘rsatkich belgilari o‘rnatilmoqda. Yengil konstruksiyali savdo, umumiy ovqatlanish va sanitariya gigiyena shoxobchalari tashkil etilmoqda.

– Bu yilgi festival dunyo xalqlarining o‘ziga xos bahor va milliy qadriyatlar shodiyonasi sifatida o‘tkaziladi, – deydi viloyat hokimi o‘rinbosari, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita a’zosi Jo‘rabek To‘rayev. – Mahalliy va jahonning turli davlatlaridan keladigan mehmonlar uchun festival bo‘lib o‘tadigan hududda ham zarur infratuzilma obektlari bunyod etilmoqda. Suv tizimi yaxshilanayotir. Ochiq maydonga tungi chiroqlar o‘rnatilmoqda. Tog‘ bag‘riga xos manzarali daraxt ko‘chatlari ekilyapti. Sanitariya-gigiyena shoxobchalari, soyabonlar tashkil etilmoqda. Tarixiy obidalar va muqaddas qadamjolar atrofida yirik hajmdagi obodonlashtirish-ko‘kalamzorlarishtirish ishlari amalga oshirilayotir. Festival ishtirokchilari uchun oltita zamonaviy mehmonxona, 40 ta mehmon uyi hozirlanmoqda. Shuningdek, xushmanzara tog‘li tumandagi kollejlarning yotoqxonalarida qo‘shimcha joylar tayyorlanib, barcha zamonaviy sharoit yaratilmoqda.

Festivalda faol ishtirok etib, vohaning boy nomoddiy madaniy merosini keng namoyish etish uchun folklor ansambllar, baxshilar, hunarmandlar ham qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, nufuzli festival ko‘rgazmasida 300 dan ortiq surxondaryolik hunarmand yuz turdan ziyod milliy mahsuloti bilan qatnashish istagini bildirgan.

– Festival doirasida Muhayyo Ulasheva, Nilufar Jo‘rayeva, Maftuna Azizova, Nozanin Yo‘ldosheva, Xayrulla Jo‘rayev singari mashhur hunarmandlarimiz kashtachilik, gilam to‘qish, kulolchilik kabi yo‘nalishlarda master-klasslar ham o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, – deydi “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Muhayyo Jo‘rayeva. – Shuningdek, tuya juni ipimdan qo‘lda tikilgan 30 metrli “Oq en” gilami hamda turli materiallar qoldig‘idan tikilgan 30 metrli quroq ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Mamlakatimizning Farg‘ona, Qashqadaryo, Andijon, Namangan, Buxoro, Navoiy viloyatlaridan yuz nafar mashhur hunarmand taklif etilmoqda. Ko‘rgazma doirasida maxsus-ko‘rik tanlov tashkil etilib, g‘oliblar munosib rag‘batlantiriladi.

Osmono‘par tog‘lar qo‘ynidagi Boysun tumani nafaqat boy nomoddiy madaniy merosi va go‘zal tabiat manzarasi balki, shifobaxsh, zilol suvlari, muqaddas qadamjolari bilan ham dunyo sayyohlarini o‘z bag‘riga chorlaydi. Festival ishtirokchilari uchun tumandagi muqaddas qadamjolar va boshqa diqqatga sazovor joylarga maroqli sayohatlar tashkil etish ham rejalashtirilmoqda.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Boysun bahori”ga tayyorgarlik qanday kechmoqda?