“Boysun bahori” ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda
FOTOREPORTAJ
Ayni paytda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida o‘tkazilayotgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali milliy qadriyat va an’analarimiz, ming asrlik urf-odatlarimizni o‘zida mujassam etgani bilan ko‘plab xorijiy sayyohlarni o‘ziga chorlamoqda.
Tumanda yangi barpo etilgan turizm kompleksida o‘tkazilayotgan tadbirda shahar va tumanlar folklor jamoalarining musiqiy dasturlari, milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari namoyish etilmoqda.
Bugun erta tongdan festival manzilida havo sharlarini uchirish tadbirlari tashkil etildi. O‘rta Osiyoda ilk bor Surxondaryo osmonida amalga oshirilgan ushbu parvoz davomida 20 ta havo shari ko‘kka uchirildi.
[gallery-17233]
Festival dasturi doirasi xorijdan tashrif buyurgan folklor jamoalar chiqishlari, amfiteatrda festivalning tantanali ochilish marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA