Boyqo‘ziyeva Gulsanamxon Adxamovnaning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Qayta ishlash sanoat korxonalari faoliyatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida
Boyqo‘ziyeva Gulsanamxon Adxamovnaning 08.00.13 – “Menejment” va 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” tutash ixtisosliklari bo‘yicha “Qayta ishlash sanoat korxonalari faoliyatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Andijon davlat universiteti huzuridagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi DSc.03/30.12.2019.I.60.03 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2025 yil 25 yanvar kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 170100, Andijon shahri, Universitet ko‘chasi, 129-uy. Andijon davlat universiteti ARM binosi
Tel.: 0(374) 223-88-30 faks: (74) 223-84-33
e-mail: agsu_info@edu.uz