Oramizdagi odamlar

Asli Tojikiston Respublikasidan bo‘lgan Ho‘janazar bobo Mirzacho‘lni o‘zlashtirishda ishtirok etish uchun Sirdaryoga, Boyovut tumaniga ko‘chib keladi.  Xo‘janazar boboga otasi va bobosidan o‘rgangan tajriba asqatadi. Oddiy ishchilikdan ishni boshlagan bobo, qisqa fursatda bo‘lim brigadiri, boshlig‘i lavozimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi. Shu orada u 2 qiz, 4 o‘g‘illi bo‘ladi. Ammo hayot sinovlarini qarangki,   Saydiniso momo betobligi sabab oldiniga tuman, so‘ng viloyat shifoxonasida ancha muddat davolanadi.

–Esimda, o‘sha yillar og‘ir yillar edi,– deya eslaydi Boyovut tuman tibbiyot birlashmasi anesteziologiya-reanimatologiya bo‘limi mudiri, O‘zbekiston Respublikasi "Sog‘liqni saqlash a’lochisi" ko‘krak nishoni hamda "Shuhrat" medali sohibi Narziqul Xudoynazarov. – Bola edim, 3-sinfda o‘qirdim. Emizikli ukam betob bo‘lib qolgandi. Har qancha qiyin bo‘lsa-da, ukamning salomatligi, uning yashab ketishi uchun harakat qilib, o‘zimiz yemasak-da, uni yedirib-ichirib  parvarish qildik Ana shu holat sababli o‘sha vaqtlarda shifokor bo‘lishni orzu qilgandim. Xudoga shukrki, niyatlarim ijobat bo‘ldi.

Narziqul 1959 yil 13 iyulda tug‘ilgan. U o‘rta maktabdan so‘ng 1982 yilda hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash ishi, reanimator shifokori yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishni tamomlab, Sirdaryo viloyati shifoxonasi reanimatsiya bo‘limida internaturani o‘taydi. O‘sha vaqtlarigi viloyat shifoxonasi bosh shifokori, anesteziolog-reanimatolog, sog‘liqni saqlash a’lochisi Botir Rayimqulovga shogird tushadi. Omadni qarangki, u vaqtlarda reanimatolog-anesteziolog mutaxassislarga hozirgidek talab katta bo‘lgan bir vaqtda u ustozining maslahati, tavsiyasi asosida yetuk mutaxassisga aylandi.

–Otam, rahmatli usta mirishkor dehqonlardan edi,–deya eslaydi Narziqul aka. –Hozirgidek avtomashinalar qayerda deysiz. Ko‘chamizdan onda-sonda o‘tadigan mashinalarni to‘xtatib, viloyat shifoxonasiga yetib kelardim. Bilmaganlarimni ustozimdan o‘rganardim. Reanimatologiya-anesteziologiya bo‘limida ishlagan oddiy yigitga 1983 yilda Boyovut tuman markaziy shifoxonasining reanimatsiya bo‘limida reanimatolog-anesteziolog bo‘lib, mustaqil ishlash nasib etdi. Agar u yiliga o‘rtacha 400 nafardan bemorga tibbiy xizmat ko‘rsatgan bo‘lganda ham hozirgacha  16 ming 400 nafar bemorning salomatligini tiklab qolishga hissa qo‘shgan.

To‘g‘ri, anesteziolog-reanimatolog ishi jarrohnikidan ham  murakkabroq. Oddiygina xato tuzatib bo‘lmaydigan holatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Chunki, bemor operatsiyaga kirishdan to operatsiyadan chiqqunga qadar, hatto operatsiyadan keyingi bosqichda o‘zini qanday his qilishi Narziqul Xudoynazarov kabi anesteziolog-reanimatologlar mahorati, tajribasiga bog‘liq.  

Bu borada hikoyamiz qahramonining omadi kelgan. U ishtirok etgan operatsiyaning 99 foizi muvaffaqiyatli o‘tgan.

Operatsiya jarayonlarini jarrohlar amalga oshiradi. Ammo anesteziolog-reanimatolog bemorning salomatlik ko‘rsatkichini o‘rganib, unga to‘g‘ri tashxis qo‘yolmasa, kerakli choralarni ko‘rolmasa, xar qanday mahoratli, tajribali jarroh operatsiya o‘tkazmasin, u muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topishi mumkin. Bu borada Narziqul Xudoynazarovning omadi kelgan. U ishtirok etgan jarrohlik amaliyotlari doimo yaxshi amalga oshirilgan.

–Inson taqdiri qiziq ekan,–deydi anesteziolog-reanimatolog. –Onamning betobligi sababini keyinchalik bo‘lsa-da topdim. Ustozlarim maslahati ila turli muassasalarda davolatdim. Taqdir ekan, onam shu kunlarga yetib kelmadi.  

Uni 1992 yilda Boyovut tuman tibbiyot birlashmasining reanimatsiya  bo‘limi mudiri lavozimiga tayinlashadi. O‘ylab ko‘rsa, shunga ham 32 yildan oshibdi. Shu orada  qancha mutaxassislar ustozidan duo olib, tajribali mutaxassis bo‘lib yetishdi. "Bundan quvonmay bo‘ladi-mi"deydi Narziqul Xudoynazarov. Ayni vaqtda u kishining shogirdlari nafaqat Sirdaryoda, Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida xizmat qilmoqda.

Bugun shifokor nafaqa yoshida bo‘lsa-da,  aholi salomatligi yo‘lida mehnat qilishdan bir zum to‘xtagani yo‘q.  

G‘ulom Primov,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boyovutlik shifokor baxtini mehnatidan topdi