Qarovsiz va ta’minotsiz qolgan sirdaryolik ota ikki nafar farzandi ustidan shikoyat bilan sudga murojaat qildi...

Gap boshidayoq, o‘zbek millatiga,mentalitetimizga xos bo‘lmagan holat – ota o‘z farzandlarini sudga bergani xususida so‘z yuritdik.  

Amaldagi qonunlarimizga ko‘ra, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bo‘lib qolgan o‘z ota-onasini ta’minlashi va ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari shart. Ota-onasining davlat va nodavlat muassasalari qaramog‘ida ekanligi voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalarni ota-ona haqida g‘amxo‘rlik qilish va ularga moddiy yordam ko‘rsatish majburiyatidan ozod qilmaydi. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onasiga ixtiyoriy ravishda moddiy yordam berishdan bo‘yin tovlasa, ota-ona talabiga ko‘ra, ta’minot sudning hal qiluv qaroriga asosan belgilanadi, deya ta’kidlangan.

Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmati, ota o‘z farzandlarini sudga berganligi, ushbu jarayon va sudning yakuniy xulosasi haqidagi ma’lumotni taqdim etdi.

"Fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudining 2019 yil 25 iyundagi qarzdorlar – aka-uka Bo‘tirqul va O‘tirqul Biyqulov (maqoladagi personajlarning ismi-sharifi o‘zgartirildi)larning har biridan undiruvchi Yotirqul Biyqulovning foydasiga har oyda, har biridan qat’iy summada – 120 ming so‘mdan (nafaqa) aliment puli undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 2019 yilning 4 iyulida Majburiy ijro byurosining Boyovut tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga ko‘ra, ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qarzdorlar tanishtirilgan... Davlat ijrochisi tomonidan 2020 yil 5 yanvarda qarzdorlarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan”.

“...Ijro harakatlari davomida, joriy yilning 7 may kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudi va MIBning Boyovut tuman bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda ota-bolalar ya’ni, undiruvchi Yotirqul Biyqulov qarzdorlar, ya’ni farzandlari – aka-uka Bo‘tirqul va O‘tirqul Biyqulovlarni yarashtirib, sudning 2021 yil 7 maydagi ajrimi bilan ijro ishi tugatildi", deyilgan.

Xulosa qilib aytganda, farzandlar o‘z xatolarini tushunib, uzr so‘rashi, otalar esa bag‘rikenglik qilib, kechirimli bo‘lgani juda yaxshi, albatta. Ammo shu paytgacha o‘z otasini qarovsiz qoldirgan bu noqobil farzandlar, sud tomonidan belgilangan summani to‘lashdan qutilish uchungina uzr so‘ramagandir, harqalay...

Xulosa o‘zingizdan.

A.Qayumov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boyovutlik ota o‘g‘illarini sudga berdi