Boyovutdagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi "Qarapchi" MFY, "Ona-yurt" ko‘chasidagi 7-uyda joriy yil 18 yanvar kuni soat 15:20da havo-gaz aralashmasining chaqnashi natijasida yong‘in sodir bo‘ldi.
Hodisa oqibatida uyning 50 kv.m maydoni yongan, ikki nafar fuqaro yengil tan jarohati olib shifoxonaga yuborilgan.
Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 15:28 da yetib borib, yong‘in 16:30 da to‘liq o‘chirilgan. Hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Sh.Suyarov, O‘zA