O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada mukofoti sohiblarini aniqlash maqsadida tanlov tashkil etilmoqda.
Unda o‘tgan yillar davomida Botir Zokirov ijodiga murojaat qilib, uning asarlarini muxlislarga havola etib kelgan san’atkorlar, estrada yo‘nalishida qo‘shiqlari ommalashgan bastakor, kompozitorlar, rangtasvir san’ati bilan e’tirofga sazovor bo‘lgan rassomlar, buyuk san’atkor ijodini keng targ‘ib qilishga hissa qo‘shgan ijodkorlar, madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish borasida munosib tashabbus ko‘rsatgan faol insonlar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov nominatsiyalari quyidagicha:
1. “Eng yaxshi estrada xonandasi”;
2. “Eng yaxshi kompozitor”;
3. “Eng yaxshi oranjirovkachi-bastakor”;
4. “Eng yaxshi tasviriy san’at ustasi”;
5. “Eng yaxshi targ‘ibotchi-ijodkor”;
6. “Eng yaxshi prodyuser-tashabbuskor”.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lganlar o‘z ijodiy namunalari hamda ijodiy va tashabbuskorlik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zlari yoki vakillari orqali 2024-yil 1-martga qadar ushbu (milliymukofot@gmail.com) elektron pochtasiga yuborishlari lozim bo‘ladi.
<iframe width="990" height="557" src="https://www.youtube.com/embed/E-qCzIye5C0" title="“Botir Zokirov nomidagi milliy estrada mukofoti” oʻz sohiblarini kutmoqda!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Belgilangan muddatdan o‘tib taqdim etilgan hujjatlar qabul qilinmaydi!
M.Eshmirzayeva, A.Alijonov (video), O‘zA