Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Botir Parpiyev rahbarligidagi Ishchi guruh a’zolari tomonidan viloyatning qator olis mahallalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar atroflicha o‘rganildi.

Xususan, viloyatning Uchquduq tumanidagi “Bozdun” ovul fuqarolar yig‘inida bunyod etilayotgan yangi xizmat binosi ko‘zdan kechirildi. Ovulda yashovchi, “Ayollar daftari”ga kiritilgan Jamila Yermaxanovaning bandligini ta’minlash maqsadida uning oilasiga elektr pech, “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Anna Zokirovaning murojaati asosida unga nogironlik aravachasi sovg‘a qilindi.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, “Yo‘lchilar” va “Abay” mahalla fuqarolar yig‘inlarida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi. Shuningdek, o‘z faoliyati davomida olib borayotgan namunali ish tartibi hamda aholi murojaatlar bilan ishlashdagi jonbozligi  tufayli “Bozdun” ovul fuqarolar yig‘ini raisi Mayramkul Jalg‘asbayevani maxsus rag‘batlantirish bo‘yicha tuman mutasaddilariga tegishli ko‘rsatma berildi.

Vazir o‘rinbosari B.Parpiyev tashrif davomida Zarafshon shahridagi qator mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini ham  ko‘zdan kechirdi. “Yulduz” mahallasi aholisi bilan uchrashuv jarayonida bildirilgan takliflar asosida mahallaning Nurafshon ko‘chasiga qisqa muddatda tosh-shag‘al yotqizilib, yo‘l atrofiga 500 dona gul ko‘chati ekildi.

“Geolog” mahallasida joylashgan bir nechta korxona, tashkilot va muassasalar atrofini obodonlashtirish maqsadida 11 ta maxsus texnika jalb etildi. Shuningdek, mahalladagi 18 ta ko‘p qavatli uylar orasidagi daraxtlar oqlanib, ularga turli shakllar berildi. Hududdagi 3,7 tonna maishiy chiqindilar shahar tashqarisiga olib chiqildi.

Aholi murojaatlari asosida “Geolog” mahallasida joylashgan 2 ta bolalar bog‘chasi, 2 ta maktab, 1 ta kasb-hunar kollejlari atrofidagi mingdan ortiq daraxtlarga turli shakllar berildi, 1500 ga yaqin daraxtlar hamda 8 km.lik yo‘l chetlari oqlandi.

Atrofni yanada ko‘kalamzorlashtirish maqsadida 544 ta archa, 386 ta manzarali, 108 ta mevali va 834 dona go‘l kuchatlar o‘tqazildi, 19 ta chiqindi qabul qiluvchi markazlar tartibga keltirildi.

Vazir o‘rinbosari tashabbusi bilan o‘rganishlar asosida aniqlangan shahardagi “Tinchlik” va “Geolog” mahallalarida istiqomat qiluvchi 8 nafar ehtiyojmand oila vakillariga turli ijtimoiy va moddiy yordamlar ko‘rsatildi. Ularning bandligini ta’minlash va xonadonlardagi mavjud tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi.

Turli aholi qatlam vakillari murojaatlari asosida shahar tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlari ishtirokida hududlarda qator tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. Tekshiruvlar natijasida kasalligi aniqlangan bemorlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish, ularni kerakli dori-darmonlar bilan ta’minlash bo‘yicha soha mas’ullariga ko‘rsatmalar berildi.

Ishchi guruhning keyingi o‘rganish ishlari viloyatning olis Tomdi tumani markazidan 180 km uzoqlikda joylashgan hamda chegara hudud hisoblanadigan “Shiyeli” ovul fuqarolar yig‘inida olib borildi.

Vazir o‘rinbosari B.Parpiyev tashrif davomida ovulda yashovchi O‘zbekiston Qahramoni Serikbay Sag‘atovning holidan xabar oldi hamda bu yerdagi odamlarning turmush tarzi, yaratilgan shart-sharoitlar va muammolar xususida suhbatlashdi.

Shu bilan birga ovuldagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 5 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Hudud aholisi bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 2 nafar ayolni ish bilan ta’minlash bo‘yicha tuman mas’ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Ishchi guruh a’zolari shu kunning o‘zida “Shiyeli” ovul fuqarolar yig‘ini binosida tikuvchilik hamda turli kasb-hunarga o‘qitilayotgan xotin-qizlar bilan uchrashdi hamda ularga yaratib berilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Aytish lozimki, mazkur o‘rganishlar davomida viloyatning eng olis va chekka mahallalaridagi yechimini kutayotgan muammolar va aholini qiynab kelayotgan turli masalalar aniqlandi hamda ularni tezkor ravishda bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Botir Parpiyev olis va chekka hududlarda yashovchi fuqarolarga yordam ko‘rsatmoqda