Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB tomonidan yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, shuningdek, sohaviy xizmat vakillari bilan hamkorlikda jinoyatchilikka qarshi kurash yo‘nalishida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, bugun – 4 yanvar kuni Bo‘stonliq tumani hududida xizmatga jalb etilgan viloyat IIBB YHXB maxsus otryadi katta inspektori, kapitan F.Ergashev 3 yanvardan 4 yanvarga o‘tar kechasi soat 2:00 atrofida Chorbog‘-Sijjak yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “Neksiya-3” rusumli, davlat raqam belgisi  40 G‘ 011 SA bo‘lgan transport vositasini tekshirish uchun to‘xtatadi.

Haydovchining hujjatlarini tekshirgan YPX inspektori undan transport vositasining yukxonasini ochishni so‘raydi. U yerda uch dona ov quroli va o‘qlar borligi, qurollardan faqat bittasi uchun hujjat borligi, qolgan ikkita ov qurolini saqlash va olib yurish uchun tegishli hujjatlari yo‘qligi aniqlanadi.

YPX inspektori holat yuzasidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, olingan ashyoviy dalillar bilan birga tuman ichki ishlar bo‘limiga topshiradi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bo‘stonliqda hujjatsiz ov qurollarini olib yurgan haydovchi ushlandi