Bo‘stonliqda Danil Yevdokimov yana g‘olib bo‘ldi
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha V.Iskandarov xotirasiga bag‘ishlangan turnir yakunlandi.
Musobaqaning so‘nggi kunida 73 nafar velosportchimiz guruh poygasida raqobatlashdi. 83 kilometr masofaga o‘tkazilgan bahsda Danil Yevdokimov 2:00:41 natija bilan marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tdi. Shuningdek, Konstantin Elliga va Umidjon Baxtiyorov poygani ikkinchi hamda uchinchi bo‘lib yakunladi.

Ushbu musobaqa joriy yilda o‘tishi kutilayotgan nufuzli turnirlarda mamlakatimiz sharafini himoya qiluvchi iqtidorli sportchilarni saralashda muhim ahamiyat kasb etadi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA