Bo‘stonliqda Bolalar harakati sardorlarining an’anaviy anjumani o‘tkazildi
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da Bolalar harakati sardorlarining “An’anaviy anjumani”yakunlandi. O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan tashkil etilgan ushbu nufuzli tadbirda respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 170 nafardan ziyod eng faol va tashabbuskor yosh yetakchilar jam bo‘lishdi.
Uch kunlik dastur doirasida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularda zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan qator strategik loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Xususan, yozgi ta’tilni mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Yoz bolalar tashkiloti bilan”, mahalliy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlovchi “Mahalla loyihalar ofisi” dasturlari, “Galaktikada bir kun” kitobi va “Sehrlandiya” multfilmi namoyishi hamda “Uzcombinator” asoschilari bilan hamkorlikda startaplar yaratish bo‘yicha amaliy o‘quv-seminarlar o‘rin olgan.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/yHlPFlONwNA?si=RPmbhr-e5My_xqml" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, O‘zA