Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqimiz kundalik hayotida oʻz ifodasini topishi, qoʻyilgan maqsad va kutilayotgan natijalarga erishish koʻp jihatdan davlat idoralari faoliyatining samaradorligiga bevosita bogʻliq.

Poytaxtimizda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi J.Karimov rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda ham ana shu jihatlarga alohida eʼtibor qaratildi. Boshqarma hamda tuman filiallari xodimlari qatnashgan yigʻilishda joriy yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda koʻrib chiqildi.

Tadbir davomida maʼlumotlarni UzKAD dasturiga kiritish, koʻchmas mulkning kadastr pasportini shakllantirish, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha bajarilgan ishlar holati tumanlar kesimida alohida tahlil qilindi. Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklardan kelib chiqib, ikkinchi chorak va ikkinchi yarim yillikda amalga oshiriladigan ishlar, dolzarb vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, oʻziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib, yuqori koʻrsatkichlarga erishgan bir guruh xodimlar boshqarma rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi. Taʼkidlanganidek, har bir xodim oʻz ishiga tanqidiy-tahliliy yondashsa, kasbiy mahoratini muntazam oshirib borsa, topshiriqlarni vaqtida va sifatli ado etsa, albatta yuqori natijalarga erishadi. Soha xodimlarining mushtarak maqsad atrofida birlashib, hamjihatlikda faoliyat yuritishi esa odamlarning ushbu sohaga nisbatan ishonchi va hurmati yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA  

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boshqarmaning birinchi chorakdagi ish faoliyati tahliliy koʻrib chiqildi