Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Mazkur masala bo‘yicha adliya vaziri Akbar Toshqulov ma’lumot berdi:

– Ma’muriy islohotlar doirasida ishlab chiqilgan, 10 ta bob, 55 ta moddadan iborat mazkur qonun loyihasida bir qator yangiliklar nazarda tutilmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasining maqomi, tarkibi va uni shakllantirish tartibi, vakolatlari, Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish, uning Rayosati to‘g‘risidagi bir qator moddalarga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Qonun loyihasi bilan Bosh vazir o‘zining o‘rinbosarlari va vazirlar bilan birgalikda har yarim yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga “O‘zbekiston-2030" strategiyasi bajarilishi bo‘yicha hisobot taqdim etishi ko‘zda tutilmoqda. 

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyadan kelib chiqib, Hukumatning iqtisodiyot, byudjet, moliya, soliq, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi vakolatlari kengaytirilmoqda. Shu bilan birga, mazkur qonun loyihasining Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining maqomi to‘g‘risidagi 4-moddasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining (vazirlik, qo‘mita, agentlik, inspeksiya), xususan, hududiy bo‘linmalar kesimidagi har birining maqomi, ularni tashkil etish va tugatishning aniq, yagona tartibi hamda bir-biridan farqlovchi mezonlar belgilab berilmoqda. 

Shuningdek, vazirlarning o‘zi rahbarlik qilayotgan vazirlikda ishni natijador va samarali tashkil etish, biriktirilgan soha va tarmoqlarda yagona davlat siyosatini samarali olib borish, uni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish, yil yakunigacha maqsadli ko‘rsatkichlar (indikatorlar)ga erishish holati yuzasidan Oliy Majlis, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va jamoatchilikka hisobot berish va hisobotni ochiq e’lon qilish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha mas’uliyati va shaxsiy javobgarligi kuchaytirilmoqda, – dedi vazir. 

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan bir qator aniqlashtiruvchi savollar va takliflar o‘rtaga tashlandi. Shundan so‘ng qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi. 

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh vazir va vazirlar har yarim yilda Qonunchilik palatasiga hisobot taqdim etadi