O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova amaliy tashrif bilan Sirdaryo viloyatida bo‘ldi.

Guliston shahridagi “Namuna” mahallasidan boshlangan tashrif davomida u “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda jinoyatchilik va huquqbuzarlikdan tuzalish yo‘liga qaytgan, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan hamda ishsiz xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini mustahkamlash va bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi.

Oqoltin tumanidagi “Oltiboy ota” fermer xo‘jaligida terimchi ayollar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Zulayho Mahkamova mehnatkash xotin-qizlar bilan suhbatda ularning fidoyiligini yuqori baholadi va ularga sovg‘alar topshirdi. Shuningdek, mahalladagi tadbirkor ayollar bilan muloqot qilib, ularning reja va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.

Yangiyer shahridagi “ECO WOOD PLUS” MCHJ da ishlab chiqarish jarayonlari ham ko‘zdan kechirildi. Korxonada 250 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan. Ularning asosini mahalliy xotin-qizlar tashkil etadi.

Navro‘zobod mahallasidagi Mamatovlar xonadonida tashkil etilgan “Bonu opa ziyo maskani” ham qo‘mita raisining diqqat markazida bo‘ldi. Bu yerda 3000 dan ziyod kitobdan iborat kutubxona, milliy qadriyatlarni targ‘ib etuvchi muzey bor. Shuningdek, mazkur maskanda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tez-tez o‘tkazib turiladi.

Tashrif doirasida tadbirkor xotin-qizlar bilan sayyor qabul o‘tkazilib, ularning muammolari, yangi loyihalar va biznes yuritishdagi to‘siqlar muhokama etildi. Xotin-qizlarning taklif va tashabbuslari tinglandi, mutasaddilarga ularni hal etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

– Har bir ayolning imkoniyatini yuzaga chiqarish – taraqqiyotning kaliti. Mahallalarimizda amalga oshirilayotgan kasanachilik, tadbirkorlik va ma’naviy-ma’rifiy tashabbuslar xotin-qizlarning nufuzini oshirmoqda. Zulayxo Mahkamovaning tashrifi esa ayollarimizga yangi g‘ayrat va kuch bag‘ishladi, – dedi Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin- qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nargiza Tojiboyeva.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh vazir o‘rinbosari xotin-qizlar muammolarini o‘rgandi