Poraxo‘rlik jamiyat uchun ijtimoiy xavfi yuqori va og‘ir oqibatlarga olib keluvchi jinoyat hisoblanadi. Bunday jinoyatlar jamiyatning ma’naviy-axloqiy negiziga putur yetkazibgina qolmay, yangi jinoiy qilmishlar sodir etilishiga yo‘l ochib berishi ham mumkin.

Prokuratura organlari poraxo‘rlikka qarshi qanday kurash olib bormoqda? Shu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Karimjon Musashayxov bilan suhbatlashdik. 

– Pora olish va pora berish bilan bog‘liq holda sodir etilgan jinoyatlarni  o‘rganish asosida ularni yuzaga keltiruvchi sabab va shart-sharoitlarni tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish muhim ahamiyatga ega, – dedi K.Musashayxov. – Aynan shu maqsadda prokuratura organlari tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.  

Xususan,  so‘nggi ikki yilda (2021-2022 yillarda) 486  nafar  shaxs pora olish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlik uchun  javobgarlikka tortilgan. 

Javobgarlikka  tortilganlarning  15 nafarini  nodavlat tashkilotlar  mansabdor  shaxsi, 88  nafarini  davlat organlari  xizmatchisi va 382 nafarini davlat organlari mansabdor shaxsi tashkil  qiladi.

– Pora olish jinoyati aynan qaysi sohalarda ko‘proq uchramoqda? 

– Yuqorida sanab o‘tilgan jinoyatlarni sodir etganlarning  62 nafari  maktabgacha  ta’lim, 53  nafari  sog‘liqni saqlash,  49  nafari xalq ta’limi, 30 nafari elektr va gaz ta’minoti  korxonalari, 25 nafari nodavlat  tijorat  tashkiloti, 20 nafari qishloq va suv xo‘jaligi, 15 nafari mahalliy hokimiyat, 14  nafardan soliq, kadastr, 13 nafardan bandlik, transport, ekologiya, 8 nafardan moliya, agroinspeksiya, 7 nafari  fuqarolarning o‘zini  o‘zi  boshqarish organi, 6 nafardan oliy  ta’lim,  madaniyat, qurilish,  mudofaa, 5 nafari bank, 3 nafari  iqtisodiyot va 43  nafarini boshqa soha xodimlarini tashkil  qilgan. 

Maktabgacha  ta’lim  tizimida pora  olish,  asosan, ishga qabul  qilish,  ish  stavkasini  ko‘paytirib berish,  bolani  navbatsiz bog‘chaga qabul  qilish,  autsorsing xizmati  ko‘rsatish,  xodimlarga mukofot  puli  ajratib berish  evaziga  sodir etilgan.

Sog‘liqni  saqlash  tizimida pora olish esa asosan  nogironlikni belgilash, jarrohlik amaliyotini amalga  oshirish,  tibbiy ekspertiza  xulosasini ijobiy  tarzda  berish, ishga  qabul qilish, aniqlangan qonunbuzilishiga nisbatan chora  ko‘rmaslik kabi holatlarda yo‘l qo‘yilgan.

Elektr  va  gaz ta’minoti  korxonalari  tizimida pora  olish,  asosan, gaz  va  elektr tarmoqlariga  o‘zboshimchalik  bilan ulanishga  nisbatan  qonuniy chora  ko‘rmaslik,  qarzdorlikni kamaytirish  yoki  yo‘q qilish,  tarmoqqa  ulanish va  texnik  shart berish,  ishga  qabul qilish  yoki  ishdan bo‘shatmaslik  kabi  holatlarda ham uchramoqda.

– Aniqlangan holatlar bo‘yicha qancha shaxs javobgarlikka tortilgan? 

– Tahlil  qilingan  davrda mazkur  harakatlarni  sodir etganlik  uchun  1 nafardan  maktabgacha ta’lim  bo‘limi mudiri,  yuristkonsult,  xo‘jalik mudiri,  2  nafar hisobchi,  4  nafar tarbiyachi,  53  nafar maktabgacha  ta’lim  tashkiloti direktori  javobgarlikka  tortilgan.

Tahlil  qilingan  davrda mazkur  qilmishlar  uchun 1  nafar xalq  ta’limi bo‘limi  mudiri,  2 nafar  o‘qituvchi,  6 nafar mutaxassis, 40  nafar  maktab direktori  javobgarlikka  tortilgan.

Shuningdek, 3 nafar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i,  7 nafar  hamshira,  8 nafar  tibbiyot  eksperti, 9 nafar sanitariya -epidemiologiya xizmati xodimi, 26 nafar shifokor va mutaxassislar javobgarlikka tortilgan. 

Keyingi ikki yilda (2021-2022 yillarda) 352 nafar shaxs pora berish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortildi.

O‘z navbatida, ushbu toifadagi jinoyatlarning 3 tasi nodavlat tijorat tashkilotlari mansabdor shaxsiga, 4 tasi davlat organlari xizmatchisiga va 306 tasi davlat organlari mansabdor shaxsiga pora berishga qaratilgandir.

O‘rganishlarda pora berish xavfi, asosan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan aniqlangan qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha tegishli chora ko‘rmaslik, davlat organlariga ishga qabul qilish va boshqa holatlarda yuzaga kelayotgani aniqlandi.

– Korrupsiyaviy jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha qanday choralar amalga oshirilmoqda? 

– Davlat organlari va tashkilotlarida ISO 37001:2016 xalqaro standartiga asosan korrupsiyaga qarshi menejment tizimi joriy etilib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki idoraviy hujjatlar qabul qilingan. Bu mazkur toifadagi jinoyatlarning oldini olishga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Ushbu standart ilk bor Malayziya hukumati tomonidan joriy qilingan bo‘lib, mazkur davlatda ushbu tizim davlat sektorida ham, xususiy sektorda ham ijobiy natija bergan. 

Ta’kidlash lozimki, ISO 37001 nafaqat korrupsiyaga qarshi tizimga nisbatan aniq talablarni belgilaydi, balki tashkilotning boshqaruv tizimiga talablarni joriy etish jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradigan tizimni yaratish bo‘yicha rahbariy ko‘rsatmalar beradi.

Prezidentimizning 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan korrupsiyaga qarshi kurashish (ISO 37001) standartlari bo‘yicha kompaniyalarni sertifikatlashtirish tizimini joriy etish vazifasi qayd etildi.

Bosh prokuratura tomonidan tegishli idoralar bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 17 fevraldagi 72 - f - sonli farmoyishi ijrosi yuzasidan BMT Taraqqiyot dasturi loyihasi ko‘magida xalqaro auditorlik konsalting kompaniyasi ekspertlari ishtirokida 2 ta kompaniya, 3 ta vazirlik va 4 ta hokimiyatda xalqaro standartlar asosida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini joriy etish ishlari amalga oshirildi.

Tahlillarga ko‘ra, ekspertlar tomonidan mazkur idoralarning jami 58 ta yo‘nalishi bo‘yicha 1,5 mingga yaqin korrupsiyaviy xavf-xatarlar aniqlanib, ularni bartaraf etishga qaratilgan 600 dan ortiq tavsiyalar ishlab chiqildi.

Prezidentimizning 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan esa 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab barcha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida mavjud shtat birliklari doirasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilandi.

Natijada bugungi kunda qariyb barcha davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tashkil etilib, ularning faoliyatini tartibga solishga qaratilgan uslubiy-metodik qo‘llanmalar va idoraviy hujjatlar ishlab chiqilib, qabul qilinishi ta’minlandi.

Natijada 20 dan ortiq davlat organi va tashkilotlari “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” - ISO 37001:2016 bo‘yicha xalqaro standart sertifikatini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish maqsadida Bosh  prokurorning qonunchilik  tashabbusi  huquqi asosida  Vazirlar  Mahkamasining 2020  yil  31 dekabrdagi "Korrupsiyaga oid  huquqbuzarlik  haqida xabar  bergan  yoki korrupsiyaga qarshi  kurashishga  boshqa tarzda  ko‘maklashgan  shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi  Nizomni  tasdiqlash haqida”gi  829-son  qarori qabul qilingan.

Ushbu  qaror  ijrosini samarali  ta’minlash  maqsadida prokuratura organlarida korrupsiyaga oid  huquqbuzarliklar  haqida xabar bergan  yoki  korrupsiyaga qarshi  kurashishga  boshqa tarzda  ko‘maklashgan shaxslarni  rag‘batlantirish  masalalarini ko‘rib  chiqish  bo‘yicha maxsus  komissiya tashkil etilib, faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Mazkur  maxsus komissiyalar  tomonidan 2021-2022  yillar va 2023 yilning o‘tgan davrida  jami  98 nafar  shaxs  korrupsiyaga oid  huquqbuzarlik  haqida xabar  bergani  yoki korrupsiyaga  qarshi  kurashishga boshqa  tarzda  ko‘maklashgani sababli   rag‘batlantirildi. 

Rag‘batlantirilgan  shaxslarning  bergan  xabarlariga ko‘ra  89  ta holatda pora  olish  va 9  ta  holatda byudjet  mablag‘larini  juda ko‘p miqdordagi  qiymatda  talon - toroj qilish  jinoyatlari  fosh etilib, aybdor  shaxslarga  nisbatan jazo  muqarrarligi  ta’minlangan.

Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, mazkur standartlarni joriy etish O‘zbekistonda ham fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada oshishi, xodimlarning halolligini ta’minlash, huquqbuzarliklarni kamaytirish hamda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning shaffof va samarali tizimini yaratishda juda muhim va samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

                                                         O‘zA muxbiri

Norgul Abduraimova

suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh prokuratura: 2021-2022 yillarda 486 nafar shaxs  pora olish bilan bog‘liq jinoyat sodir etdi