Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida Sirdaryo viloyat prokuraturasi, viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tashabbusi bilan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Dastlab kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, xorijiy davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirib qaytib kelgan ishsiz fuqarolarga viloyatdagi mavjud korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik sub’ektlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng ishsiz, ammo ishlash istagida bo‘lgan yoshlar,xorijiy davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirib, qaytib kelgan ishsiz fuqarolar, kasb-hunarsiz yoshlar shu joyning o‘zida o‘zlariga ma’qul bo‘lgan yo‘nalishni tanlab, ishga qabul qilish to‘g‘risida ikki tomonlama mehnat shartnomasini imzolashdi.

– O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida Guliston shahar hududida istiqomat qilayotgan ishsiz va daromadsiz, "Ayollar daftari" ro‘yxatida turgan 10 nafar xotin-qizni tadbirkorlik yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitib, ularga qandolatchilik sohasida faoliyatini yo‘lga quyish uchun zarur bo‘lgan maishiy texnika vositalarini subsidiya orqali taqdim etdik. Bu esa, ular uchun katta imkoniyat bo‘ldi. Endi ular o‘z qiziqqan sohalari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatibgina qolmay, oilasiga qo‘shimcha daromad olib kelishadigan bo‘lishdi,–deydi Guliston shahar hokimi o‘rinbosari– oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Aziza Payziyeva.

Bundan tashqari, shu joyning o‘zida kasb-hunarsiz yoshlar kasb-hunar o‘rganish uchun "Ishga marhamat" monomarkaziga yo‘naltirilgan bo‘lsa, qolgan fuqarolarga mehnat qonunchiligi va huquqiga doir maslahatlar berildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi