Bordo shahrida hukumat qarorgohi talandi
Fransiya janubi-g‘arbidagi Bordo shahri prefekt qarorgohi norozilik namoyishi payti talon-taroj qilindi. Hodisaga milliy politsiyaning elita bo‘linmasi aralashgan.
– Bir necha kishi binoga bostirib kirib, tartibsizlik yuzaga keltirgan, – dedi prefektura matbuot kotibi AFP muxbiriga.
Mahalliy hokimiyat vakili Sofi Broka qarorgohga qilingan hujum va shahar markazidagi do‘konlar talanishini keskin qoralagan.
A.Mamatov, O‘zA