Kamtaringina bo‘lsada o‘z uying bo‘lganiga nima yetsin. Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani “Harduri” mahallasida uzoq yillar davomida ba’zan ijarada, ba’zan qarindosh urug‘larnikida qimtinibgina hayot kechirib kelayotgan 5 ta boquvchisini yo‘qotgan oilalarga tuman hokimligi tashabbusi bilan yangi uy-joylar qurib berildi. Ulug‘ ayyom kunlari bu uylar egalariga topshirildi.

Charos Yaxshinorova hali maktabning 6-sinfida o‘qiydi. Ota-onasining kelishmovchiligi sabab guldek oila buzilib ketdi. U onasi va ukasi bilan tog‘asinida yashaydigan bo‘ldi. Har kuni mehmonday kirib chiqiladigan xonadon garchi tog‘asiniki bo‘lsada, murg‘ak qalbiga ozor berardi. Ularning oilasiga ham yangi uy ajratilishi haqidagi xabar kelganda hammadan ko‘ra, Charos ko‘proq baxtiyor bo‘ldi. Ko‘chib kelgan zahotiyoq yangi oshxonada oilasi uchun taom tayyorlashga kirishdi.  

–Bugun birinchi bor yangi uyimizda taom tayyorlashim, –  deydi Charos Yaxshinorova. – To‘g‘ri, tog‘amning uyida yashaganimizda ham hech qanday mammo bo‘lmagan, lekin kichkina bo‘lsada o‘z uying bo‘lganiga nima yetsin. Erkin bo‘lasan. Bu uyning hamma sharoiti menga yoqdi. Men uchun ham alohida xonasi va yumshoq mebellari bor ekan. Bundan juda hursand bo‘ldim. Qo‘shnimizning ham men tengi qizi bor ekan. Bir-birimizga begona bo‘lsakda bir pastda tanishib oldik. Birga oshxonada ovqat tayyorlayapmiz.

Shu kuni tumandagi beshta boquvchisini yo‘qotgan oilaga yangi uy-joy kalitlari, tuman hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari ishtirokida tantanali topshirildi.

[gallery-11585]

Umida Xo‘jamurodova ham turmush o‘rtog‘ining vafotidan so‘ng, besh nafar farzandi bilan uysiz juda qiynalayotgan edi. Yangi uy kaliti qo‘liga topshirilganda, benihoya ko‘zlariga quvonch yoshlari qalqdi.  

– Asli ovsinimning qo‘liga kelin bo‘lib tushganman, – deydi Umida Xo‘jamurodova. – Qaynota-qaynonam o‘tib ketishgan. Turmush o‘otog‘im yurak parogi bilan kasallangan edi. Ikki oila katalakdek hovlida birga yashardik. Sharoitlarimiz achinarli ahvolda bo‘lgan. Kamiga turmush o‘rtog‘imning kasali kuchayib ketdi. Besh yil davolatdim. Operatsiya qildirdik. Baraka topishsin qishloq ahli, mahalla, hokimlik, homiylar yordam qo‘lini cho‘zishdi. Baribir saqlab qololmadik. O‘tgan yilli vafot etdi. Shundan so‘ng yanada qiynala boshladik. Besh nafar farzandim bor. Uyimiz juda eski edi. Devorlari yorilib ketgandi. Bolalarim har kuni, bizning ham hammanikiga o‘xshagan uy-joyimiz bo‘larmikan, deganda yurak bag‘rim ezilib ketardi. Uy so‘rab hujjat topshirib qo‘ygan edim. Mana bugun orzularimiz ushaldi. Yangi uyga ko‘chib keldik. Biz kabi himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlagan Yurtboshimizga ming rahmat.

Ta’kidlash lozimki, hokimlik tashabbusi bilan Harduri mahallasidagi qarovsiz bino to‘liq rekonstruksiya qilinib, yashash uchun qulay sharoitlar yaratilgan holda fuqarolarga topshirildi. Xonadonlar to‘liq jihozlangan, barcha sharoitlar yaratilgan.  

Oilalar yangi xonadonlarga tez moslashishdi. Yangi oshxonalarda osh pishirilib dasturxonga tortildi.

– Turmush o‘rtog‘im bilan ajrashgach, bir nafar qizim bilan kunimiz darbadarlikda o‘tdi, – deydi Sohiba Ergasheva. – Boshida ukamnikida yashadim. Keyin opamnikida. Undan so‘ng ijaraga uy olib chiqib ketdim. Oshxonalarda ishladim, xullas 6 yildan buyon bir amallab kun kechirib keldik. Bizga ham yangi uy-joy ajratilganini eshitganda quvonib ketdim. Yangi uyga qizim ham tez moslashdi, boisi uning uchun alohida sharoitlar bor ekan uyda. Ilgari bunday sharoitni ko‘rmagan qizim ham baxtiyor bo‘ldi. U xonadan bu xonaga o‘tib, shu bizning uyimizmi oyijon, deydi bolaginam.  

Eski qarovsiz bino o‘rnida endilikda 5 ta xonadon ahil-inoqlikda yashaydigan bo‘ldi. Mo‘’jazgina hovli, ikkita kattagina umumiy oshxona va omborxona ular ixtiyorida. Bu xayrli ishga “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi ham qarab turmadi. Yangi xonadon sohiblariga beg‘araz oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.  

– “Temir daftar”, “Ayollar daftari”da turgan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarimizga muntazam ravishda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan beg‘araz yordam ko‘rsatib borilmoqda, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Ko‘kdala tumani bo‘linmasi bosh hisobchisi Nurilla Sa’dinov. – Xususan ramazon oyi munosabati bilan tumandagi 500 ta oilaga bir martalik beg‘araz yordam ko‘rsatilib, oziq-ovqat mahsulotlari, maktab formalari tarqatildi. Nuroniylar sayohatga olib borildi. Ramazon hayiti munosabati bilan ham 367 ta xonadonga kirib chiqilib, ramazon tuhfalari berildi. Mana bu uy-joy bilan ta’minlangan beshta boquvchisini yo‘qotgan xonadon vakillariga ham bugun oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.  

O‘lmas Barotov,  

Jamshid Norqobilov (surat) O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boquvchisini yo‘qotgan 5 ta oila uyli bo‘ldi