Bolani emlatgandan keyingi isitma xavflimi? (+video)
Bolani emlatgandan so‘ng tana haroratining ko‘tarilishi ko‘plab ota-onalarni xavotirga soladi. Ayrimlar bu holatni vaksina zarari deb qabul qilsa, aksariyat hollarda isitma organizmning immun himoya tizimi faollashayotganini bildiruvchi tabiiy javob sifatida ko‘riladi.
Shu bilan birga, qaysi holatlar me’yor sanalishi va qachon shifokorga murojaat qilish kerakligini bilish ham muhim.
Bugungi ko‘rsatuvimizda vaksina bola organizmiga qanday ta’sir qilishi, emlashdan keyin kuzatilishi mumkin bo‘lgan odatiy holatlar, isitmaning qachon xavfsiz va qachon e’tibor talab qilishini mutaxassis fikri asosida ko‘rib chiqamiz.
Shuningdek, zamonaviy vaksinalarning xavfsizligi, ularni ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan sifat nazorati hamda emlashning bolalar salomatligini himoya qilishdagi ahamiyati haqida ham so‘z yuritamiz.
Suhbatni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Rb9FxEvnlS0" title="BOLANI EMLATGANDAN KEYINGI ISITMA XAVFLIMI?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>F.Yaxshiboyeva,
A.Ahmedov (videomuhandis), O‘zA