Orzu-havaslar ko‘paygan, hatto me’yoridan oshib borayotgan davrda yashayapmiz.

Orzu-havaslar ko‘paygan, hatto me’yoridan oshib borayotgan davrda yashayapmiz. Chunki odamlardagi bunday istaklar ko‘p hollarda hoyu havaslarga aylanib bormoqda. Eng yomoni, ayrimlarning bu yo‘lda hech narsadan tap tortmasligi ko‘z o‘ngimizda sodir bo‘lmoqda.

Masalan, er ishlagani xorijga ketsa, sal o‘tmay ayol ham “men sendan qolmayman”, qabilida boshqa bir davlatga yo‘l olmoqda.Orada esa farzandlar sarson...

Oilani muqaddas, deb bilgan xalqimiz orasida avvallari ajrashish degan tushuncha deyarli bo‘lmagan. Hozir esa er va xotinning ajrashishi oddiy holga aylanib borayotgani achinarli. 2019 yilning birinchi yarmida 11 ming 153 oilada ajrim qayd etildi. Bu ming-minglab bolalarning tirik yetim bo‘lib qolayotganini anglatadi.

Oqibatini o‘ylamay qilinayotgan bunday ishlar bir kun kelib afsus-nadomatga olib borishini ajrashayotganlar bilarmikin, o‘zi?!

Quyidagi hikoyamiz qahramoni ham ajrashayotganida farzand qadri haqida o‘ylab ham ko‘rmagan edi. Lekin o‘g‘lining qadri o‘tganida uni topa olmagani ayanchli holat. Shunday emasmi?

...Ishdan barvaqt chiqib jo‘ralari bilan ulfatchilik qilgan Yusufboyning kayfi chog‘ edi. O‘zicha hirgoyi qilgancha uyiga qaytayotib u yo‘l bo‘yidagi bolalar bog‘chasida shodon qiyqirib yurgan bolalarni ko‘rib birdan to‘xtadi. Yuragi orziqib ularga qaragan ko‘yi turib qoldi.

Jajji bolakaylarning ularni olib ketishga kelayotgan ota-onalariga qarab ”dadajon, ayajon”, deb bir-bir chopib chiqayotgani yuragini o‘rtadi. Qancha turganini bilmaydi, kayfi taroq bo‘ldi, eshittirib aytar birgina so‘zi: “Bola-a-m” bo‘ldi...

“Uh” tortib ortga qaytib, yo‘lini qo‘shni mahallaga burdi. Bundan yetti yil burun o‘zi kuyov bo‘lgan hovli oldiga qanday yetib kelganini sezmay qoldi. Ichida bot-bot takrorlanayotgan “bolam,bolam”, so‘zi dalda bo‘lib, sobiq qaynotasining eshigini taqillatdi.

Oltmishni qoralagan qaynonasi “kim”, deya eshikni qiya ochib, ancha vaqtdan buyon qorasini ko‘rsatmagan sobiq kuyoviga qarab, hayron bo‘ldi. Sekingina “Keling bolam, keling, sizga kim kerak?”, dedi.

Yusufboyning bir dam tili lol bo‘ldi.

– Bolam, Yunusjonim, – dedi so‘ng tutilib. – Bir ko‘rsam, maylimi, – deya, ko‘z yoshi shashqator bo‘ldi.

Buni ko‘rgan qaynonaning ham ko‘ngli buzildi, labini tishladi. So‘ng ohista “Bolam, Yunusjon ayasi bilan ketgan-ku”, dedi.

Yusufboyning bo‘g‘zidan “Aa-a..”, degan hirqiroq bir tovush sitilib chiqib, kalovlanib so‘ragani “Qayoqqa, nega ketadi?”, degan savol bo‘ldi.

Onaxon esa gunohkorday bosh egib, “Na iloj taqdir ekan Oyimxolni turmushga berdik, eri bilan kelib bolasini ham olib ketdi”, dedi.

Yusufboy bir bo‘zardi, bir gezardi, so‘ng ko‘zda yoshi g‘iltillab, ayaga mo‘ltirab, “Manzilini ayting, bolajonimni bir ko‘ray”, dedi arang...

Onaxonning gapidan Yunusjon ayasi va o‘gay otasi bilan o‘zga yurtga doimiy yashashga ketganligi ayon bo‘ldi. Yusufboyning alami ortdi. Bola sog‘inchi bag‘rini behad ezar, iztirob ko‘nglini butkul titkilar bo‘ldi. G‘amning yuki og‘irdan-og‘ir bo‘ldi. Mung‘ayib turib qolgan Yusufboy birdan o‘zining kichrayib, qarib qolganini his qildi. Entikib-entikib nafas oldi. O‘zini bir zum o‘g‘lining o‘rniga qo‘yib ko‘rdi. “Bolam bugun kimga sig‘indi, kimning qo‘liga, ko‘ziga multirabturibdi”, degan koyish ko‘kayini kuydirardi.

Chorasiz qolgan Yusufboy sudralib qadam tashlab borarkan,oxirgi marta bolasini qachon ko‘rganini eslashga urindi. Unda hali o‘g‘li juda kichkina, sho‘x va shirin bola edi.

Yana yodiga kelgani - achchiq ustida ayolini “uch taloq” qo‘yib haydagani, bolasining “dada, dada”, deya yig‘lay-yig‘lay onasi bilan ketgani bo‘ldi. Keyinchalik ota-onasi, mahalla-ko‘y, sud yarashtirish uchun ko‘p uringani-yu, ularga “Hayot meniki, faqat o‘zim bilaman, o‘zim hal qilaman”, degan nodon javobi ham esiga tushdi.

Endi esa... Endi Yusufboyning fig‘oni falakka chiqsa ham, o‘shanda aqlim qaerda edi, hali burgaga achchiq qilib, ko‘rpamni yoqdimmi?”, deya tazarru qilsa ham befoyda edi. “Bolam begona uyda, boshqa birovni ota, deb o‘sadimi?”, deb bag‘ri qon bo‘lsa ham endi hech narsani o‘zgartirib bo‘lmasdi. Jo‘yali biron-bir sababsiz xotinni haydab, o‘zini aziz dilbandidan, bolakayni ota mehridan judo qilganga mingdan-ming pushaymon qilsa ham endi bari foydasiz edi...

Yusufboy sog‘inchu alamdan xo‘rligi kelib, ohu faryod chekib, bo‘zladi:

Sabr nima bilmayin, jahl otini o‘zg‘itgan,

Mehr nima bilmayin, o‘z baxtini to‘zg‘itgan,

Izza tortdirib seni, bugun o‘zi qon yutgan,

Seni uydan quvmayin, otang o‘lsin, bolamov...

Bir inson hayotida sodir bo‘lgan bu hayotiy voqelik har qanday kishini o‘yga toldiradi, albatta. Muhimi, bunday holatlardan saboq olish. Arzimagan sabablar bilan ajrashishga bel bog‘layotgan er va xotinlar, avvalo, ota-ona ekanliklarini unutmasligi shart. Farzand diydorga zor bo‘lmaslik uchun, bolasini mushkul ahvolga tushirmaslik uchun ota-onadan sabr talab qilinadi.

Xolmo‘min YoDGOROV

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolam, deb bo‘zlagan ota