“Zarbdor 90 kunlik”

Yozgi ta’til bolalarning na faqat dam olishi, balki ular uchun yangi ko‘nikmalar, bilim va do‘stlar orttirishiga yo‘l ochadigan davrdir. Bolalarning yozgi ta’til kunlarini maroqli o‘tkazish, ularning ma’nan va jismonan chiniqib, a’lo kayfiyat bilan maktab quchog‘iga qaytishini ta’minlash pedagoglarning dolzarb vazifasiga aylangan.  

Prezidentimizning 2025 yil 15 may kuni maktab ta’limi tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yozgi ta’til davrida umumta’lim maktablari o‘quvchi-yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlarini tashkil etish yuzasidan vazifalar belgilab berilgan edi.

Viloyatimizda “Zarbdor 90 kunlik” tadbirlariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilgani tufayli barcha umumta’lim muassasalarida, statsionar va kunduzgi oromgohlarda, sog‘lomlashtirish maydonchalarida bolalarning maroqli dam  olishi tashkil etilgan. Tashkiliy ishlar Yoshlar ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Iyun-avgust oylarida barcha maktablarda o‘quvchi-yoshlar va mahallalardagi uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha” manzilli qo‘shma dastur asosida olib borilmoqda..  

O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi huzuridagi Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti qoshidagi 14 ta statsionar oromgohda 9300 nafar, 114 ta umumta’lim maktabida tashkil etilgan kunduzgi oromgohlarda 28 500 nafar, 841 maktabdagi sog‘lomlashtirish oromgohlarida 520 305 nafar o‘quvchi ta’tilni maroqli o‘tkazishadi. Shuningdek, shahar va tumanlardagi 20 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabida  7 ta yo‘nalishda 684 ta to‘garak faoliyat olib bormoqda. Hunarmandchilik, robototexnika, madaniyat va san’at, tasviriy san’at, jismoniy tarbiya va sport. kasb-hunarga yo‘naltirish kabi to‘garaklarga 23 940 nafar o‘quvchi qamrab olinadi  

Viloyatimizdagi 114 ta umumta’lim maktabi qoshida ochilgan kunduzgi sog‘lomlashtirish oromgohlarining I navbatida  10 735 nafar, II navbatida 9735 nafar, III navbatida 8030 nafar bolalar sog‘lomlashtiriladi.

"Yoz-2025" shiori ostida o‘tkaziladigan 319 ta sport musobaqalarida 22 529 nafar, "Barkamol avlod" bolalar maktablari to‘garaklarida   7 246 nafar, maktablarda tashkil etilgan qo‘shimcha darslarga 1 084 nafar, 282 ta repetitorlik va ijodiy to‘garaklarga 18 826  nafar,  Kitobxonlik festivallari, "Turon" maktab teatri va ‘‘Iqtidor’’ maktab ansambli jamoalarining  konsert tadbirlariga 11 211 nafar o‘quvchi-yosh jalb qilinadi. Ayni paytda statsionar oromgohlarda 1 843 nafar o‘quvchi yozni ko‘ngilli o‘tkazishmoqda.  

Barcha sog‘lomlashtirish va dam olish oromgohlarida ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazilmoqda. Shaxmat-shashka hamda futbol bo‘yicha “Farg‘ona viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i kubogi” sport musobaqalariga start berildi. Shuningdek, joriy yilning 11 iyun kuni “Quvnoq startlar” sport musobaqalarining viloyat bosqichi Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida o‘tkazildi. Sport musobaqasining maktab, tuman-shahar, viloyat bosqichlarida jami 4620 nafar o‘quvchi qamrab olindi.  

[gallery-23892]

Boshqarma tizimidagi 955 ta ta’lim muassasasida tashkil etilgan “Zakovat” klublari o‘rtasida 385 ta “Zakovat” intelektual o‘yini o‘tkaziladi, 3 820 ta sport to‘garagiga 76 400 nafar, “Yosh kitobxon” tanlovlariga 1 104 nafar o‘quvchi-yosh jalb etiladi. 5 730 ta fan to‘garagi mashg‘ulotlarida 114 600 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Shuningdek, ijod to‘garaklarida 28 650 nafar bola ishtirok etadi.

Bugun barcha ta’lim muassasalarining sport may donchalari bolalar bilan gavjum. O‘quv xonalarida fan va kasb to‘garaklari ochilgan. O‘quvchi- yoshlarning har bir kuni, har soatini mazmunli o‘tkazishi uchun barcha shart-sharoit muhayyo qilingan. Bir so‘z bilan aytganda, viloyatimiz ta’lim muassasalarida “Zarbdor 90 kunlik” tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun qulay sharoit hozirlangan va bu imkoniyatlardan samarali foydalanamiz.

                                                            Sherzod Dolimov,

                    Farg‘ona viloyat maktabgacha va maktab ta’limi

                   boshqarmasi boshlig‘i.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalarning ta’til kunlari maroqli o‘tmoqda