Bolalarning taʼlim ehtiyojlari individual tartibda örganilmoqda
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toşkent viloyati boşqarmasi huzurida navbatdagi psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya (PTPK) körigi taşkil etildi.
Körik davomida malakali mutaxassislar tomonidan har bir bolaning salomatligi, rivojlaniş xususiyatlari va individual imkoniyatlari kompleks örganilib, ularning alohida taʼlim ehtiyojlari aniqlandi.

Şuningdek, bolalarning imkoniyatlari va ehtiyojlaridan kelib çiqib, ularni inklyuziv taʼlim yoki boşqa maqbul taʼlim şakllariga yönaltiriş masalalari körib çiqildi. Natijalarga köra, har bir bola uçun tegişli tavsiyalar işlab çiqildi.
Jumladan, bolalarni ixtisoslaştirilgan maktabgaça taʼlim taşkilotlari, ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalari hamda umumiy örta taʼlim maktablaridagi inklyuziv taʼlim şaroitida öqitiş, “Erta aralaşuv” xizmatlaridan foydalaniş, zarur hollarda esa uy şaroitida parvarişlaş xizmatlariga yönaltiriş böyiça tavsiyalar berildi.

– Har bir bolaning ehtiyoji alohida yondaşuvni talab qiladi. Şu bois körik davomida bolalarning imkoniyatlari va taʼlimga bölgan ehtiyojlari çuqur örganildi. Aniqlangan ehtiyojlardan kelib çiqib, ular tegişli xizmatlarga, jumladan, inklyuziv boğça hamda ixtisoslaştirilgan boğçalarga yönaltirildi, — deydi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toşkent viloyati boşqarmasi boşliği Miraziz Mirsultonov.
Bunday köriklar har bir bolaning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda taʼlim olişi, zarur ijtimoiy va pedagogik xizmatlardan foydalanişi uçun maqbul şaroit yaratişga xizmat qiladi.
A.Musayev,ÖzA