Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş tizimi takomillaştiriladi
Bolalarni zöravonlikdan himoya qiliş tizimi yangi bosqiçga kötarilmoqda. Oliy sudda ötgan davra suhbatida yangi qonun normalarini amaliyotga joriy etiş va ularning samaradorligini oşiriş yöllari muhokama qilindi.
Mamlakatimizning bugungi siyosiy xaritasi inson qadri degan muqaddas yöldan tuzilgan. Şuning uçun ham yaqin ön yillikda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami, bolalar va ayollarga bölgan eʼtibor butunlay yangi darajaga kötarildi. Ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, huquq va manfaatlarini munosib himoya qiliş yölida tinimsiz mehnat qilinmoqda. Bunda bolalar huquqlarini himoya qilişga qaratilgan taşabbuslar ham alohida eʼtirofga munosib.
Ana şunday oqilona islohotlarning uzviy davomi ölaroq, Özbekiston Respublikasi Oliy sudida “Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş tizimini takomillaştiriş. Yangi qonun normalari va ularni amaliyotga joriy etiş masalalari” mavzusida amaliy davra suhbati ötkazildi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Özbekiston ayol sudyalari assotsiatsiyasi, Sudyalar oliy kengaşi, Bolalar ombudsmani, UNICEF, Boş prokuratura, Içki işlar vazirligi, Advokatlar palatasi hamda boşqa masʼul taşkilotlar vakillari iştirok etdi.
Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş, ular uçun xavfsiz muhit yaratiş, zöravonlikdan jabrlangan bolalarni ijtimoiy, psixologik va huquqiy qöllab-quvvatlaş, şuningdek, bolalarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qiliş va sudda körib çiqişning öziga xos jihatlari singari dolzarb masalalar muhokama markazida böldi.

Xususan, Ijtimoiy himoya milliy agentligi iştirokida bolalarni zöravonlikdan himoya qiliş tizimida ijtimoiy xizmatlarning ahamiyati, jabrlangan bolalarga kompleks yordam körsatiş hamda masʼul idoralar örtasidagi hamkorlikni kuçaytirişga eʼtibor qaratilişi lozimligi qayd etildi.
Bolalar ombudsmani esa öz nutqida tergov va sud jarayonlarida jabrlanuvçi bolani qayta ruhiy jarohatlanişdan himoya qiliş, tezkor idoralararo hamkorlikni taʼminlaş, bolaga psixologik va huquqiy yordam körsatiş hamda protsessual harakatlarni bolaga döstona yondaşuv asosida taşkil etiş böyiça yagona standart protokolni joriy etiş zarurligini taʼkidladi.
Davra suhbati yakunida bolalarni himoya qilişga oid yangi qonun normalarini amaliyotga tatbiq etiş, sudyalarning kasbiy kompetensiyasini oşiriş, idoralararo hamkorlikni mustahkamlaş hamda bolaning eng ustun manfaatlarini taʼminlaş yuzasidan hamkorlikdagi işlarni muntazam davom ettiriş muhim ekani eʼtirof etildi.
Şerbek Islomov,
ÖzA