Prezidentimiz joriy yilning 14 noyabrida bolalarni himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Hujjat bilan bolalarga nisbatan zo‘ravonlik shakllariga berilgan ta’riflar soni uchtadan (jismoniy, jinsiy, psixologik) oltitagacha (g‘amxo‘rlik qilmaslik, ekspluatatsiya, bulling) kengaytirilmoqda. G‘amxo‘rlikning yo‘qligi – ota-ona qaramog‘idagi bolaning (ularning o‘rnini bosuvchi yoki qarovchi shaxslarning) zarur imkoniyatlarga, bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, shu jumladan, buning uchun tegishli xizmatlardan (davlat, tibbiy, ta’lim, ijtimoiy va boshqa xizmatlardan) foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, bolaning sog‘lig‘i, jismoniy, aqliy va ma’naviy rivojlanishining buzilishiga olib keladigan asosiy ehtiyojlarining qondirilmasligi man etiladi.

Ekspluatatsiya qilish – bolani iqtisodiy, jinsiy va boshqa maqsadlarda ishlatish, shu jumladan odam savdosi, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga va tilanchilikka jalb qilish, jinsiy ekspluatatsiya qilish, shuningdek bolani jismoniy yoki ruhiy ta’sir ko‘rsatish orqali majburlash yo‘li bilan undan nikoh yoki birga yashash, muayyan diniy ta’lim olish, bolaning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga, shu jumladan uning ta’lim olishiga tahdid soladigan har qanday shaklda mehnatga majburlash taqiqlanadi.

Shuningdek, zo‘ravonlik (bulling) – bolalar guruhi yoki bitta bolaning boshqa bola yoki bolalarga nisbatan haqoratli laqablardan foydalanishi, har qanday muloqotni cheklashi (boykot qilishi), mulkni tortib olishi va (yoki) unga zarar yetkazishi, jismoniy, psixologik yoki intellektual xususiyatlarni omma oldida muhokama qilishi, sha’ni va qadr-qimmatini kamsitishi yoxud sog‘lig‘i va hayotiga zarar yetkazishi, shu jumladan telekommunikatsiya tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda amalga oshiriladigan uzoq muddatli psixologik va (yoki) jismoniy tajovuzkor ta’sir ko‘rsatish taqiqlanadi.

Qonun bilan birinchi marta zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan bolalarga himoya orderi berish mexanizmi joriy etilmoqda. U ichki ishlar organlari tomonidan zo‘ravonlik fakti yoki uni sodir etish tahdidi aniqlangan paytdan boshlab 24 soat ichida 30 kungacha muddatga beriladi va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga topshiriladi.

Agar tahdid hali bartaraf etilmagan bo‘lsa, himoya orderining amal qilish muddati jinoyat ishlari bo‘yicha sud tomonidan ko‘pi bilan bir yilga uzaytirilishi mumkin. Himoya orderining amal qilish muddatini zo‘ravonlik qurboni 18 yoshga to‘lgunga qadar uzaytirish mumkin.

Bundan tashqari, bolalar sodir etilgan zo‘ravonlik natijasida yetkazilgan moddiy zararni qoplash va ma’naviy zararni qoplash talabi bilan murojaat qilish, shuningdek, bepul huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy yordam olish, shu jumladan, ishonch telefoni orqali yordam olish huquqiga ega bo‘ldi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi butun mamlakat bo‘ylab kecha-kunduz bepul telefon liniyasi (ishonch telefoni) tarmog‘ini ta’minlaydi. Bunda ishonch telefoni maxfiylikka rioya qilgan holda ishlaydi.

Shuningdek, agentlik zimmasiga zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan bolalarni, shuningdek, ularga nisbatan zo‘ravonlik tahdidi ostida bo‘lgan bolalarni aniqlash, ularning hisobini yuritish va zarur hollarda zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha individual choralar ko‘rilishini ta’minlash vazifalari yuklatiladi.

Bundan tashqari, qonun bilan ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning javobgarligi oshirilmoqda. Xususan, ular bolalarning hayotini asrash, ularga g‘amxo‘rlik qilish, mehr-muhabbat ko‘rsatish va sog‘liqqa zarar yetkazuvchi axborotlardan himoya qilishlari kerak. Shuningdek, tarbiya usullari dag‘al, shafqatsiz bo‘lmasligi, inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan yoki xavf ostida bo‘lgan bolalar oilalarini mustahkamlash va qo‘llab-quvvatlash choralari belgilanmoqda. Jumladan, ruhiy holati buzilgan shaxslar va narkologik kasalliklarga chalingan ota-onalar uchun majburiy davolash nazarda tutilgan. Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishiga bilvosita ta’sir ko‘rsatgan iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun ishsizlar va ish qidirayotgan shaxslarga moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda yordam ko‘rsatiladi.

Qonun bilan ta’lim muassasalarida intizomiy jazo chorasi sifatida zo‘ravonlikning har qanday shakllari qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmasligi nazarda tutilmoqda. Shuningdek, bolalarga nisbatan va bolalar o‘rtasidagi zo‘ravonlik, shu jumladan bullingning oldini olish mexanizmlari joriy etiladi.

Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Ushbu qonun olti oydan keyin kuchga kiradi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun imzolandi