Raqobat qo‘mitasiga fuqaro Sh.G. farzandlari va ayolining “NAZAR MEDICAL” MCHJga tishlarini davolatishga borgani va bir necha kun muolaja qilingani, biroq xizmat sifatsiz ko‘rsatilgani natijasida plombalari tushib ketgani sababli to‘langan pul mablag‘larini qaytarish va chora ko‘rishni so‘rab murojaat qilgan.

Mazkur murojaat “NAZAR MEDICAL” MCHJni jalb etgan holda o‘rganilganda korxona tomonidan iste’molchiga xizmat ko‘rsatilgani, xizmatlar esa amaldagi talablarga muvofiq bajarilgani ma’lum qilingan.

Bundan tashqari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakolatli organ tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari jalb etilgan holda o‘rganishlar davom ettirilgan. Vazirlik tomonidan bolalar terapevtik stomatologiyasi ixtisosligi bo‘yicha tibbiy faoliyatga litsenziya berilmagani aniqlangan.

Shuningdek, klinika tomonidan fuqaroning farzandiga tegishli tibbiy hujjatlar taqdim etilmagani, bemorga ko‘rsatilgan stomatologik tibbiy xizmat davolash klinik protokollarga mos ravishda amalga oshirilmagani haqida ekspert xulosasi berilgan.

Shundan so‘ng, to‘plangan hujjatlar belgilangan tartibda litsenziya talablari bo‘yicha chora ko‘rish uchun vakolatli organga yuborilib, “NAZAR MEDICAL” MCHJga nisbatan aniqlangan litsenziya talab va shartlarining buzilishi bilan bog‘liq kamchiliklarni bartaraf etish hamda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot taqdim etilishi bo‘yicha qaror chiqarilgan.

Raqobat qo‘mitasi fuqarolardan tibbiy xizmatlardan foydalanishda o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida ko‘rsatilayotgan xizmatning litsenziyasi mavjud yoki yo‘qligi, xodimlar malakasining talablarga muvofiqligini so‘rab, so‘ng undan foydalanishlarini, iste’molchilarga tibbiy xizmatlarni ko‘rsatayotgan klinikalarga esa litsenziya talablariga qat’iy amal qilishlarini so‘raydi.

N.Rahmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalarni litsenziyasiz davolagan shifoxonaga chora ko‘rildi