Ushbu savol hozirgi kunda mamlakatimiz aholisi o‘rtasida uchrab turadigan eng dolzarb savollardan biri hisoblanadi.

Ushbu savol hozirgi kunda mamlakatimiz aholisi o‘rtasida uchrab turadigan eng dolzarb savollardan biri hisoblanadi. Bolalarda faqat “Gepatit A” (xalq tilida “sariq kasalligi”) dan tashqari barcha kasalliklarga qarshi emlash mutlaqo bepul, xavfsiz va qulay.

Qayd etish kerakki, hanuzgacha aholi orasida emlash masalasida turli xil salbiy qarashlarning mavjudligi mazkur jarayonni OAVda kengroq yoritilishi va shu orqali masala yuzasidan aholi xabardorligini oshirishni taqozo etmoqda.

Namangan shahridagi “Sayhun” mehmonxonasi konferensiyalar zali ushbu masalani muhokama qilishda viloyat jurnalistlari va blogerlari uchun davra markazi bo‘ldi. YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Respublika Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi hamkorligida tashkil etilgan “Bolalar sog‘ligi, xususan, immunizatsiya masalalarini OAVda yoritish” mavzusidagi seminar-trening dolzarbligi bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Soha mutaxassisi Nargis Qosimova o‘zining nazariy va amaliy mashg‘ulotlari orqali trening jarayonida masala mohiyatni ochib berishga erishdi. Vaksinatsiya va uning bola sog‘ligiga ijobiy ta’siri, tele-radio, matbuot va internetda bolalarni emlash mavzusini yoritishning zamonaviy usullari, kichik farzandlarimiz salomatligi bo‘yicha OAVda e’lon qilingan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan materiallardagi stereotiplarni aniqlash va ularni buzish, mediamaydondagi soxta xabarlarni aniqlash va tekshirish borasidagi bilim va salohiyatimizni yuksaltirish zarurligini alohida qayd etdi.

Ta’kidlanganidek, karantin va o‘ta xavfli yuqumli xastaliklar, poliomielit, difteriya, qoqshol kasalliklari qator yillar mobaynida qayd etilmadi.

Bolaning tug‘ilganidanoq va to 16 yoshgagacha bo‘lgan turli bosqichlarda emlash uni kelgusida xavf soluvchi kasalliklardan ishonchli himoyalaydi. 

photo5391297629071190939.jpg

Shu o‘rinda bir yangilik, treningga taklif etilgan shifokor-mutaxassis, viloyat DSENM mas’ul xodimi Sherzod Latifjonov emlash yillar oralig‘iga endi 9 yosh ham kiritilayotganini bildirdi, ya’ni emlash taqvimiga yana bir yosh toifasi joriy etiladi.

Tashkil etilayotgan mazkur loyiha doirasidagi turli tadbirlar jurnalistlar va tibbiyot muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytiradi. Fuqarolarda tibbiy madaniyat oshishiga turtki bo‘lib xizmat qiladi. 

Trening doirasida ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab, savol-javob hamda bahs-munozara shaklida o‘z taklif-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar, mediarejalarini tuzib oldilar.

Xulosalar, muhokamalar va tavsiyalar Davlat sanitariya-epidemiologiya markazining viloyat bo‘limida davom etdi. Tashkil etilgan seminar-trening doirasida qatnashchilari bu yerdagi Respublikada ikkinchi o‘rinda turuvchi vaksina saqlash ombori bilan yaqindan tanishdilar. 

Orifjon JO‘RAEV

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalarni emlash pullikmi?!