Bolalarga yangi yil tuhfasi
Namangan shahrining “Yuksalish” massivida yangi qurib bitkazilgan zamonaviy bolalar bog‘chasi foydalanishga topshirildi.
Namangan shahrining “Yuksalish” massivida yangi qurib bitkazilgan zamonaviy bolalar bog‘chasi foydalanishga topshirildi.
1,5 gektar maydonda barpo etilgan 46-davlat maktabgacha ta’lim muassasasining qurilish-jihozlash ishlariga 16 milliard so‘mga yaqin mablag‘ sarflandi.
Muassasada kutubxona, musiqa va jismoniy tarbiya zallari, 2 ta yozgi cho‘milish havzasi, o‘yingohlar, yozgi ayvonchalar mavjud. Qurilish ishlari “Otash” ko‘ptarmoqli xususiy firmasi tomonidan amalga oshirildi. Zamonaviy muassasa 385 nafar bolajonni bag‘riga olish imkoniyatiga ega.