Buxoro viloyati Qorako‘l tumani “Darg‘abog‘i” mahalla fuqarolar yig‘inida 48-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi. Loyiha quvvati 180 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur bog‘cha qurilishida pudratchi korxona “Qoraun inshoot qurilish” MCHJ binokorlari alohida jonbozlik ko‘rsatdi. Maskanga mahalliy byudjet hisobidan qariyb 4 milliard so‘m mablag‘ sarflanib, zamonaviy talablar darajasida bunyod etildi.

Yangi bog‘chada bolalarning ovqatlanishi, dam olishi, mashg‘ulot va to‘garaklarda shug‘ullanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ikki qavatli shinam bog‘chada bolajonlar uchun dars va mashg‘ulot xonalari, musiqa zali, oshxona va yotoqxona, yozgi o‘yin maydonchalari, ayvonchalar, sanitariya va isitish tarmoqlari shay qilingan.   

Shuningdek, Buxoro tumani “Dehcha” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 39-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining yangidan qurilgan binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti “Xondamir Qurilish Gold” MCHJ quruvchilari tomonidan 120 o‘ringa mo‘ljallangan yangi, zamonaviy bino barpo etildi. Loyiha uchun 3 milliard 500 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

– Bolajonlarimiz uchun shunday shinam va qulay bog‘cha barpo etilgani, ertamiz egalari farzandlarimizga bo‘lgan yurtimiz e’tiborining amaldagi ifodasidir, – deydi tashkilot mudirasi Soliha Latipova. – Endi mahallamizda bolalarni har tomonlama rivojlantirish, maktabga tayyorlash uchun barcha sharoitlar mavjud.

Bugungi kunda Buxoro tumanida jami 135 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Shundan 34 tasi davlat, 3 tasi nodavlat, 20 tasi davlat-xususiy sheriklik asosida, 78 tasi esa oilaviy bog‘chalar hisoblanadi. Tumanda 3-7 yoshdagi 13 446 nafar bola mavjud bo‘lib, ulardan 10 ming nafardan ortig‘i bog‘chalarga qamrab olingan.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalarga quvonch ulashildi