Bolalar uchun fotoko‘rgazma
Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamda Milliy axborot agentligi hamkorligida 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma tashkil etildi.
Ko‘rgazmada ijodkorlarning bolalar hayotining baxtli, qiziqarli va hayajonli onlarini aks ettirgan 200 ga yaqin badiiy fotografiyalari namoyish etildi.
Shuningdek, fotosuratlarda kelajagimiz poydevori bo‘lgan bolajonlarning qo‘lga kiritayotgan yutuqlari, beg‘ubor bolalikning betakror va quvnoq daqiqalari, ularning ustoz-murabbiylardan saboq olayotgan jarayonlari taniqli fotograflar, hamda fotografiya san’ati havaskorlari tomonidan taqdim etilgan.
[gallery-2632]
Ular orasida R.Sharipov, I.ur, R.Xubutiya, G.Omonova, N.Karimova, F.Nazar, T.Leshenko, G.Xupariya, A.Kadirova tomonidan yaratilgan fotografiyalar o‘zining mazmundorligi bilan alohida o‘ringa ega.
Har bir fotokartina tomoshabin e’tiborini tortadi, uni mushohadaga chorlab, yoqimli kayfiyat beradi.
Gulnoza BOBOEVA, O‘zA