Ustoz ijodkorlar adabiyotning noni qattiq ekanini ko‘p bor e’tirof etadilar. Ayni damda bolalar uchun badiiy barkamol, har jihatdan yetuk asarlar yaratish undan-da murakkab va zahmatli, o‘ta mas’uliyatli jarayonligini adabiyotshunos olimlarimiz ta’kidlashadi.

Yozuvchilar uyushmasida taniqli bolalar shoiri Hamza Imonberdiyev tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. 

Unda adiblar, yosh ijodkorlar, adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdi. 

Kechada adibning ijodi, hayot yo‘li, asarlarining mohiyati hamda bolalar adabiyotida tutgan o‘rni haqida batafsil so‘z yuritildi. 

Hamza Imonberdiyev bolalardek quvnoq, beg‘ubor, samimiy, ko‘nglida zarra kiri yo‘q, juda kamtar inson sifatida ko‘pchilik ijodkorlar xotirasida muhrlanib qolgan. Ijodkorning bu beg‘ubor va keng fe’li uning satrlari, jajjilarga atalgan she’rlariga ham ko‘chgan edi. 

[gallery-20906]

Adabiy anjumanda Hamza Imonberdiyevning shogirdlari, yaqinlari ustoz ijodkorni iliq xotiralar bilan yodga oldilar. 

Hamza Imonberdiyev 1954 yil 21 dekabrda qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining Chimkent viloyatiga qarashli Suzoq qishlog‘ida tug‘ilgan. U Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti – hozirgi Toshkent davlat pedagogika universitetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 

Shoir uzoq yillar “Tong yulduzi” gazetasining adabiyot bo‘limini boshqardi. 1986 yilda “Cho‘lpon” bolalar nashriyoti tashkil topgach, shu nashriyotda umrining so‘nggi damlarigacha muharrir vazifasida xizmat qilgan. 

Uning “Quvnoqlar quvonchi”, “Shokoladxo‘rlar”, “G‘aroyib pufak”, “Kulgi shaharchasi” singari o‘ndan ortiq kitoblari nashr etilgan. 

Tadbirda shoirning nevaralari she’riy chiqishlari bilan ishtirok etdi. Ijodkorning hayoti, faoliyati, asarlari xususida batafsil so‘z yuritildi. 

N.Usmonova, Oybek Pardayev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalar shoiri Hamza Imonberdiyevni xotirlab 