Samarqand viloyatida bugungi kunda 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar qariyb 603 ming nafarni tashkil etadi. Ayni paytda ular yozgi ta’tilga chiqib, asosiy vaqtini oila bag‘rida o‘tkazmoqda. Erta-indin yurtimizning so‘lim maskanlaridagi oromgohlar bu yilgi mavsumni boshlagach, bolajonlar bu joylarda miriqib hordiq chiqarishadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yil viloyatdagi 13 ta sog‘lomlashtirish oromgohida 8000 nafar bolajonning 5 davrada dam olishi rejalashtirilgan. Shuningdek, viloyatdagi 57 ta umumta’lim maktabida sog‘lomlashtirish maydonchalari tashkil etilib, ularda 13 ming nafarga yaqin o‘quvchi qamrab olinadi.

– Vazirlar Mahkamasining shu yil 9 apreldagi “2025 yil yoz mavsumi davomida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda mavsumni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayonida berilgan topshiriqlar hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi ijroiya qo‘mitasining shu yil 17 apreldagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida departament tasarrufidagi 10 ta bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi, – deydi O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i Feruza Qilicheva. – 10 iyundan boshlanadigan mavsum davomida bu maskanlarda 6860 nafar bolajonlarimiz dam oldiriladi. Shu paytgacha barcha oromgohlar o‘rganilib, bino va inshootlarning holatiga qarab, ta’mirlash va jihozlash, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. “Bahora”, “Ilm ziyosi”, “Yosh astronom” va “Qo‘shchinor” oromgohlarida departament tomonidan moliyalashtirilgan holda yangi xojatxonalar qurilmoqda.

Bu yil oromgohlarda o‘tkaziladigan barcha ma’naviy-ma’rifiy va madaniy-sport tadbirlari 12 kunlik namunaviy dastur asosida o‘tkaziladi.  Masalan, “Salom, oromgoh!” deb nomlangan birinchi kun bolajonlar oromgoh bilan tanishtiriladi, sardorlar saylanib, guruhlar nomlanadi. Kechqurun “Salom oromgoh” tanishuv-musiqiy dasturi o‘tkaziladi. Keyingi kunlar “Bolalar festivali kuni”, “Harbiy vatanparvarlik kuni”, “Milliy qadriyatlar kuni”, “Ijod va iste’dod kuni”, “Ona tabiatni asrash kuni”, “Mohir qo‘llar – kasb-hunar kuni”, “Sport va salomatlik kuni”, “Millatlar do‘stligi”, “Turizm va o‘lkashunoslik kuni” kabi nomlanib, 12 kun davomida nomlanishidan kelib chiqib tadbirlar, tanlov va musobaqalar tashkil etiladi. Dasturga kiritilgan barcha tadbirlar bolajonlarni har tomonlama barkamol, jismonan baquvvat, ma’naviy yetuk, Vatanimizga sadoqatli qilib tarbiyalashga qaratilgan.

Feruza Qilichevaning ta’kidlashicha, oromgohlarga jalb etiladigan pedagog va tarbiyachilarga ushbu dastur va uning mohiyatini tushuntirish uchun may oyida maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, madaniyat, sport, turizm va madaniy meros, yoshlar ishlari boshqarmalari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda seminar-treninglar, o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. Shuningdek, bolalarning maroqli va sifatli dam olishini ta’minlash maqsadida “Lego”, “Karaoke”, “Qum”, “Media”, “Til o‘rganish”, “Kubik-rubik” klub va to‘garaklari dasturlari ishlab chiqildi. Ularning samarali faoliyati uchun oromgohlarga barcha kerakli jihozlar ajratilib, malakali mutaxassislar jalb qilindi.

– Davlatimiz rahbarining 2023 yil 24 maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini  oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tarbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari yo‘llanmalarini shaffof va qulay tarzda onlayn sotish hamda bu jarayonda  korrupsiya omillarini bartaraf etish maqsadida “Oromgohlar.uz” elektron platformasi ishlab chiqilib, o‘tgan yil sinov tariqasida foydalanilgandi, – deya so‘zida davom etadi F.Qilicheva. – Orttirilgan tajriba asosida platforma takomillashtirildi va joriy yilda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi barcha bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari yo‘llanmalari mazkur tizim orqali sotilishi belgilangan. Bu borada kasaba uyushmalari boshlang‘ich tashkilotlari va aholi o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib bordik va ayni paytda yo‘llamalar elektron platforma orqali sotilmoqda. Shu paytgacha tizimda 1500 ga yaqin murojaat qayd etilgan va 1000 ta yo‘llanma olingan. Ayni paytda bu jarayon davom etmoqda. Viloyatdagi departament tasarrufida bo‘lmagan boshqa oromgohlar uchun yo‘llanmalar eskicha tizimda, ya’ni nakd pulda yoki pul ko‘chirish yo‘li bilan xarid qilinmoqda. Bolalarning sog‘lom va sifatli ovqatlanishini ta’minlash maqsadida barcha oromgohlarda autsorsing xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. Bu yil oromgohlarda har bir bola uchun bir kunlik ovqatlanish narxi 50 ming 330 so‘m etib belgilangan.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, ayni paytda viloyatdagi oromgohlarning quvvati bolalarning atigi 4,1 foizinigina qamrab olishga yetadi. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib hamda yangi oromgohlar tashkil etish orqali qamrovni yildan-yilga oshirib borish va yaqin yillarda 15-20 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Urgut tumanidagi “Chorchinor” oromgohida viloyatdagi oromgohlar rahbarlari hamda soha mas’ullari ishtirokida maktabgacha va maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash, ichki ishlar va boshqa idoralari vakillari jalb qilingan holda o‘tkazilgan seminarda bu borada olib borilayotgan ishlar va joriy yilgi mavsumga tayyorgarlik ishlari tahlil qilindi.

 Kasaba uyushmalari federatsiyasi Samarqand viloyati kengashi raisi S.Rafiqov, viloyat hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Saidova va boshqalar viloyatda bu yilgi yozgi sog‘lomlashtirish mavsumida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan masalalar haqida so‘z yuritdilar. Mazkur oromgoh misolida bolalarning dam olishi va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish yuzasidan tajriba almashildi.

– Tog‘ yon bag‘rida joylashgan oromgohimiz 300 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, besh davrada 1500 nafar bolajonni sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan, – deydi “Chorchinor” oromgohi rahbari Anvar Fazliyev. – Sakkizta yotoqxona, tibbiyot bo‘limi, sport maydonchasi, kutubxona, kompyuter xonasi, cho‘milish havzasi va boshqa inshootlarimiz mavjud. Ularni mavsumga tayyorlash maqsadida ta’mirlash, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdik. Zaruratga qarab mebel va boshqa jihozlar, oshxona uchun zarur buyumlar xarid qildik. Madaniy dasturlar uchun ochiq tomoshagohimiz bor. Demoqchimanki, bugun oromgohimiz bolajonlarni qabul qilishga tayyor. Ma’naviy-ma’rifiy va madaniy-sport tadbirlarini 12 kunlik namunaviy dastur asosida o‘tkazish uchun zarur imkoniyat va sharoitga egamiz.  

Kasaba uyushmalari federatsiyasi viloyat kengashi mas’ullarining ma’lum qilishicha, ayni paytda “Chorchinor” oromgohining yil davomida faoliyat ko‘rsatishi uchun tegishli idoralar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Agar bu tizim yo‘lga qo‘yilsa, yilning boshqa fasllarida ham ushbu bahavo, go‘zal maskanda o‘quvchilarni qabul qilish va ularning maroqli dam olishi uchun imkoniyat yaratiladi. Shuningdek, ayni paytda Kattaqo‘rg‘on tumanida Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti tomonidan yana bir yangi oromgoh tashkil etilmoqda.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalar oromgohlariga yo‘llanma Oromgohlar.uz platformasi orqali olinadi