Milliy qonunchiligimizda bola huquqlari bilan bog‘liq bo‘lgan qonun hujjatlari soni 40 dan, qonunosti hujjatlari soni 500 dan ortiqni tashkil etadi. Bu esa o‘z navbatida, bola huquqlari sohasidagi qonunchilik bilan ixtisoslashgan holda ish olib borish hamda uning ijrosi bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlarni yaratish zaruriyatini yuzaga keltirdi.

Bir guruh deputatlar tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega.  

Qonun loyihasida Bolalar ombudsmanini saylash tartibi, vazifalari, huquqlari va majburiyatlari, faoliyatining asosiy jihatlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartib-taomillari, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi belgilanmoqda.  

Shuningdek, Bola huquqlari bo‘yicha vakil har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan rioya qilinishi holati haqida ma’ruza taqdim etishi nazarda tutilmoqda.  

Yana bir muhim jihat, loyihada Bola huquqlari bo‘yicha vakilning bolaga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olishga doir faoliyati alohida moddada keng tarzda bayon etilmoqda.  

Albatta, bolalarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlar asosan hududlarda amalga oshiriladi. Shu nuqtayi nazardan, Bola huquqlari bo‘yicha vakilning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilanmoqda.  

Bolalarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan murojaatlarni ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Shuning uchun, qonun loyihasida Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan arizalar, takliflar, ayniqsa, shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartib-taomillari batafsil mustahkamlanmoqda.  

Yana bir tashvishlanarli holat – keyingi vaqtlarda bolalar bilan bog‘liq huquqbuzarliklar, bolaga qarshi jinoyatlar uchramoqda. Ushbu holatlarda bolaning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning kafili bo‘lishi nuqtayi nazaridan Bola huquqlari bo‘yicha vakilning tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ, surishtiruv, dastlabki tergov organlari, prokuratura va sud bilan hamkorligi ham belgilab qo‘yilmoqda.  

Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida Norvegiya, Daniya, Shvetsiya, Finlyandiya, Yangi Zelandiya, Kanada, Avstriya, Rossiya, Qozog‘iston kabi xorijiy mamlakatlarning tajribasi o‘rganildi.  

Albatta, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi Bolalar ombudsmani bolaning huquq va erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim kafili bo‘ladi. Shu bilan birga, bolaning shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy huquqlarini ta’minlanishiga xizmat qiladi.  

Firdavs SHARIPOV, 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmita  

raisi oʻrinbosari. 

OʻzA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalar ombudsmani bolaning huquq va erkinliklarini himoya qilishning muhim kafili